Ta'lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix08.06.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#126812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
WAVE (.wav) – juda keng tarqalgan ovozli fayl formatlaridan biri. Windows operatsion 
muhitida ovozli ma’lumotlarni saqlashda qo’llaniladi.
AU (.au, .snd) – Sun firmasi ishchi stansiyalarida (.au) va NeXT operatsion tizimida (.snd) 
qo’llaniladigan ovozli fayllar formati.
MPEG-3 (.mp3) – Bugungi kundagi eng ommabop ovozli fayllar formati. Inson nutqidan 
farq qiluvchi tovushlarni saqlash uchun yaratilgan. Musiqiy yozuvlarni raqamlashtirishda 
qo’llaniladi.
MIDI (.mid) – Musiqa asboblarining raqamli interfeysi (Musical Instrument Digital 
Interface). Bu standart 1980 yillar boshida elektron musiqa asboblari va kompyuterlar uchun ishlab 
chiqilgan 


 MOD (.mod) – alohida notalar uchun shablon sifatida ishlatish mumkin bo’lgan 
raqamlangan ovoz namunalari saqlanuvchi musiqali format.
IFF (.iff) – Interchange File Format – dastlab Amiga kompyuter platformasi uchun yaratilgan 
format.
AIFF (.aiff) – Audio Interchange File Format – ovozli ma’lumotlar almashish uchun format
Silicon, Graphics va Mac kompyuter platformalarida qo’llaniladi. 
RealAudio (.ra, .ram) – Internetda ovozni real vaqtda ijro etish uchun Real Networks 
(www.real.com) firmasi tomonidan ishlab chiqilgan format.
Ovozli fayllarga maxsus dasturlar yordamida ishlov berish uchun yuqorida keltirilgan 
kengaytmali fayllar mavjud bo’lish kerak. Agar mavjud bo’lmasa ularni yozish kerak bo’ladi. 
Masalan, Windows 7 muhitida ovozlarni yozishda o’zining standart dasturidan foydalanish mumkin. 
Uni (7.1 – rasm) “Пуск” – “Все программы” – “Стандартные” – “Звукозапись” ketma – ketlikni 
bajarib ishga tushiriladi.
Ketma – ketlik bajarilgandan so’ng, quyidagi rasmdagi oyna hosil bo’ladi 
Ovozni yosish uchun “Начать запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosish kerak bo’ladi. 
Agar shaxsiy kompyuterdan foydalansak unda ovoz yozish uchun mikrofon qurilmasidan 
foydalanishiz kerak bo’ladi. Agarda foydalanayotgan kompyuterimiz Noutbook bo’lsa, u holda 
uning mikrofoni o’zida joylashgandir. Yuqoridagi vazifalarni bajarib yetarli ma’lumot yozib 
bo’lingandan so’ng quyidagi 
rasmdagi oynadan “Остановить запись” tugmasini yoki “Alt+S” tugmalarini bosiladi 
Shundan so’ng quyidagi rasmdagi oyna ochiladi va yozilgan audio yozuv “. WMA” kengaytmasi 
orqadi ko’rsatilgan manzil va nom bilan saqlanadi. 


Ovozli fayilga ega bo’ldik endi unga ishlov berish kerak, yani ayrim qismlarini olib tashlash, tovush 
balandliklarini o’zgartirish, sifatini oshirish, boshqa ovozlar qo’shish mumkin bo’ladi. Buning 
uchun maxsus audio tahrirlagichlar kerak bo’ladi. Ularning bir nechtasi bilan tanishib chiqamiz: 


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin