nisbatan quyidagi ustunliklarga ega: bu texnologiya tasvir namoyishidagi to’siq va buzilishlarni
minimallashtirib, tasvirlardan nusxa
olishdagi sifatni saqlaydi, sifatli ovoz yozadi,
tasvirdagi
piksellar miqdori ikki marta ko’proq bo’ladi, videoyozuvlarni tezkor va oson tahrirlash imkoniyatiga
ega va hk.
Zamonaviy texnikalarda qabul qilingan videoni raqamlashtirishni 10 bitli raqamlash, 13.5
MGs chastotali yorqin signallar diskretizatsiyasi, 6.75 MGs chastotali ikkita xilma-xil rangli kanallar
diskretizatsiyasi tashkil qiladi. Oxirgi vaqtlarda television va kompyuter
videolarini birlashtirish
tendensiyalari kuzatilmoqda. Analogli videotasvirlarni raqamli shaklga o’tkazish maxsus platalar
yordamida amalga oshirilmoqda. Raqamli va analogli videoning bir-biriga yaqinlashtirilishi analogli
signalarning multimedia kompyuterlari bilan o’rin almashishiga olib keladi. Dastlab video analogli
formatdan raqamli formatga o’tkazilib, kompyuterning xotira qurilmalaridan biriga yoziladi. Bu
qattiq disk, CD, DVD yoki ixtiyoriy boshqa qurilma bo’lishi mumkin. Bunda videoni kompyuterdagi
dasturlar yordamida namoyish etish imkoniyati paydo bo’ladi. Raqamli videoga qo’yilgan
oxirgi
qadamlar ham aynan raqamli va analogli videolar yaqinlashtirilishini ta’minlovchi DVD-Video va
HDTV (High Definition TV – yuqori rezresheniedagi televidenie, bir qator davlatlar tomonidan ishlab
chiqilayotgan yangi format) standartlarining yaratilishi bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: