Ta'lim resurslarini ishlab chiqishda audio va video materiallarga ishlov berish


Videopotokni siqish yoki kadrlar bo’yicha siqish



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix08.06.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#126812
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Videopotokni siqish yoki kadrlar bo’yicha siqish. 


1. Oddiy siqish (real vaqt rejimida). 
Ko’pchilik tizimlar videoni raqamlashtirish bilan bir qatorda ularni siqadi ham. Bu 
operatsiyani sifatli bajarish uchun maxsus quvvatli prossessor talab qilinadi, shu sababli ko’pchilik 
kompyuterlardagi video kiritish/chiqarish platalari to’liq metrajli videolarni tahrirlash imkoniyatiga 
ega emas va ko’pincha kadrlarni o’tkazib yuboradi. O’tkazib yuborilgan kadrlar videotasvirlar 
silliqligini buzadi. Bundan tashqari kadrlar o’tkazib yuborilishi ovoz va tasvir sinxronligini 
buzilishiga olib keladi. Shu sababli raqamlashtirishda qo’llanuvchi videoplata sekundiga 24 kadrdan 
kam bo’lmagan tezlikni ta’minlashi va kadr o’tkazib yubormasligi zarur. Bu tasvir buzilishiga yo’l 
qo’ymaydi. 
2. Simmetrik va asimmetrik siqish. 
Farq videoni siqish va dekompressiya uslubi bilan bog’liq. Simmetrik siqish 640x480 
razresheniya bilan sekundiga 30 kadr tezlikda videofragmentni namoyish etishni taqozo etadi, agar 
uni raqamlashtirish va yozish xuddi shu parametrlar bilan bajarilgan bo’lsa. Asimmetrik siqish – bu 
yetarlicha kattaroq vaqtda sekundiga videoni qayta ishlash jarayoni. Asimmetriklik darajasi odatda 
nisbat ko’rinishida beriladi. 150:1 nisbat siqilgan videoning bir minuti real vaqtdagi taxminan 150 
minutga to’g’ri kelishini bildiradi. Asimmetrik siqish sifatli videoga va uning namoyishi tezligidagi 
optimallikka erishish uchun juda qulay va samarali uslub hisoblanadi. Lekin bu uslubda to’liq metrajli 
rolikni kodlash juda ko’p vaqt olishi mumkin, shu sababli ham bu kabi jarayonlar ixtisoslashtirilgan 
kompaniyalar tomonidan bajariladi.
3. Sifat yo’qotiladigan yoki yo’qotilmaydigan siqish. 
Sifat yo’qotmasdan siqish usullari ko’p emas: ko’p uchraydigan baytlar kombinatsiyasi 
kichikroq bitlilariga yoki aniq qiymatlar ketma-ketligi kodlarga almashtiriladi. Siqish darajasi fayl 
tipi va uzunligiga juda bog’liq bo’ladi. Ixtiyoriy holatda ma’lumotlarga dekompressiya (manba 
ma’lumotlarini tiklash) uchun ma’lumotlar qo’shiladi. Shu sababli agar fayldagi ma’lumotlar 
tanlangan algoritmda yomon siqilsa, fayl hajmi hatto oshishi mumkin. Hatto muvaffaqiyatli holda 
ham sifat yo’qotishsiz kompressiyaning darajasi uncha yuqori bo’lmaydi. Ikki marta siqishning o’zi 
muvaffaqiyat. Shu sababli odatda video uchun sifat yo’qotish holati qo’llaniladi, go’yoki ko’zga 
sezilmas ma’lumotlar tashlab yuboriladi. Siqish koeffitsiyenti qancha yuqori bo’lsa, video sifati 
shuncha zarar ko’radi. Barcha siqish uslublari ba’zi sifat yo’qtishlarga olib keladi. Hatto ular ko’zga 
sezilarli darajada bo’lmasada, manba va siqilgan material orasida doim farq bo’ladi. Raqamli video 
bilan ishlashda professionallar siqish koeffitsiyentiga alohida e’tibor qaratishadi. Uni asimmetrik 
siqish koeffitsiyenti bilan chalkashtirmaslik kerak.
Bundan tashqari, video sifati faqatgina siqish algoritmiga bog’liq emas, sifat raqamli 
videoplata parametrlariga, kompyuter konfiguratsiyasiga va hatto dasturiy ta’minotga bog’liq bo’ladi.
Videotasvirlarni raqamlashtirish uchun plata tanlanayotganda raqamli video parametrlarini 
boshqarish imkoniyatiga alohida e’tibor qaratish kerak. Videolarni raqamlashtirish va siqish uchun 
mo’ljallangan yaxshi tizim videotizimning texnik va dasturiy qismlari uchun muhim parametrlari 
ustida amallar bajara olishi kerak. Ko’pchilik hollarda videoning namoyish etish tezligi (kadrlar 
chastotasi/s) hal qiluvchi qiymatga ega bo’ladi, lekin bunday hollarda to’liq ekranli rejimda ishlashni 
rad etishga to’g’ri keladi. Boshqa hollarda esa sekundiga 15 kadrli tezlik yetarli bo’ladi, lekin bunda 
kadrlar sifati ideal bo’lishi lozim. Videolarni raqamlashtirish va siqish qurilmalari va dasturiy 
ta’minoti bu operatsiyalarni boshqara olishi kerak. Siqish uslublari juda ko’pchilikni tashkil qilishiga 
qaramasdan videolarni siqishning faqat MPEG (MPEG-1, MPEG-2 va MPEG-4) xalqaro standarti 
tan olingan.
4. MPEG texnologiyasida potokli video siqish uslubi qo’llaniladi, bunda har bir kadr alohida 
qayta ishlanmaydi, video fragmentlarning dinamik o’zgarishlari tahlil qilinadi va ortiqcha 
ma’lumotlarni yo’qotish amalga oshiriladi. Ko’pchilik fragmentlarda tasvir foni yetarlicha stabil 
qoladi, harakat esa oldingi fonda amalga oshiriladi. Shu sababli MPEG algoritmi siqishni manba 
(kalit) kadrini yaratishdan boshlanadi. Qolgan tasvirlarni tiklashda tayanch kadr vazifasini o’tagan 
holda ular navbati bilan har 10-15 kadrga ko’chirib boriladi. Faqat ular orasida joylashgan ba’zi tasvir 
fragmentlari o’zgarishga duch keladi. Aynan ana shu farq siqishda saqlanib qoladi. MPEG-
texnologiyasini qo’llash natijasida ba’zi sifat yo’qotishga olib kelsada, 200:1 dan ham yuqori siqish 
koeffitsiyentiga ega bo’lsih mumkin.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin