Ta’lim sifatini oshirishda raqamli texnologiyalar vositaladan foydalanish samaradorligi



Yüklə 132,5 Kb.
səhifə1/2
tarix25.08.2022
ölçüsü132,5 Kb.
#63271
  1   2
макола Фаргана Тугалов


TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VOSITALADAN FOYDALANISH SAMARADORLIGI
Aminov Istam Barnoevich, , Samarqand davlat universiteti, dotsent istam.aminov@mail.ru, +998915406178
Oqnazarov To’lqin, Samarqand viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish xududiy markazi, o‘qituvchi
Kalit so‘zlar: kompetentlik, kompyuter texnologiyalari, pedagogik dasturiy vosita, masofaviy o‘qitish dasturlari.
Annotatsiya
Hozirgi kunda zamonaviy dasturiy vositalar ta’lim axborot muhitining alohida infratuzilmasi hisoblanadi va ta’lim jarayonida keng qo‘llaniladi. Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini shakllantirishning uslubiy asoslari, samaradordigi va istiqbollari yoritilgan.
ФОРМИРОВАНИЕ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧИТЕЛЕЙ В ИСПОЛЬЗОВАНИИ ПРОГРАММНЫЕ СРЕДСТВА ДЛЯ ПОВЫШЕНИЯ КАЧЕСТВА ОБРАЗОВАНИЯ
Аннотация.
В настоящее время современные программные средства представляют собой самостоятельную инфраструктуру информационной пространств образования и часто применяются в системе образования. В стаье рассматривается методические особенности, эффективности и перспективы формирования компетентности учителей в использовании программные средства для повышения качества образования.
FORMATION OF TEACHERS' COMPETENCE IN USING SOFTWARE TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION
Annotation
Currently, modern software tools are an independent infrastructure of the information spaces of education and are often used in the education system. The flock examines the methodological features, effectiveness and prospects for the formation of teachers' competence in using software to improve the quality of education.

Bugungi kunda yurtimiz ta’lim tizimini tubdan isloh etish jarayonida o‘quv yurtlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va undan samarali foydalanishni ta’minlash, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni takomillashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda [1]. Ayni paytda ta’limga yangi axborot texnologiyalarini keng joriy etish, o‘quv yurtlaridagi axborot-resurs markazlari faoliyatini zamonaviy talab va mezonlar asosida tashkil etish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotir. Mamlakatimizning umumta’lim maktablarida axborotning an’anaviy va elektron tashuvchilari, virtual kutubxonalar, elektron didaktik apparatlar bazasi yaratilmoqda. Ta’lim ehtiyojlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalarining yagona elektron axborot-ta’lim muhitini yaratish va shu sohadagi texnologiyalarni joriy etish zaruriyati yuzaga kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son farmonida «umumta’lim maktablarida ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish, mavjud darslik va o‘quv-metodik adabiyotlarni elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘qitish usullarini takomillashtirish, muqobil yondashuvlarni o‘rganishga va ilmiy asoslashga yo‘naltirilgan amaliy tavsifdagi ilmiy izlanishlarni rivojlantirish» kabi ustuvor vazifalar belgilangan.


Shuning uchun ham bugungi kunda ta’lim tizimida zamonoviy kompьyuter texnologiyalarining zamonaviy dasturiy vositalaridan samarali foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu esa ta’lim jarayonida o‘quvchilarga turli fanlardan bilim beruvchi pedagog kadrlarni zamonaviy dasturiy vositalalaridan foydalanishlari uchun, eng avvalo bu sohadagi kompetentligini shakllantirish, ta’lim tizimini texnik va dasturiy jihatdan ta’minlash, internetdan foydalanish imkoniyatlarini to‘la yaratib berish orqaligina samarali natijaga erishish mumkin. Chunki ta’lim tizimi sifatini oshirish jarayonini zamonaviy dasturiy vositalari asosida tashkil etish quyidagi talablarga javob bera olishi lozim [4]:

  • fanning ilg‘or yutuqlari va elektron axborot vositalaridan foydalanish, dars jarayonini zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etish;

  • ta’lim jarayonida dasturiy vositalari yordamida barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash, o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur shart sharoitlarni yaratish;

  • dasturiy vositalari asosida o‘quvchilar anglab etadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish, ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;

  • dasturiy vositalari asosida zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish va mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish xamda har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashhis va bashorat qilish.

Ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini shakllantirish maqsadida respublikamiz o‘quv yurtlarida ta’lim tizimini kompьyuter, mulьtimediali elektron qo‘llanmalar, internet, elektron ma’lumotlar bazasi, masofadan o‘qitish kabi yangi axborot texnologiyalari asosida tashkil etishni yanada yuqori darajaga olib chiqish hamda dars jarayonida o‘quv, o‘qitish, modellashtirish, amaliy, axborotli va boshqa dasturlardan keng foydalanish oid bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Ma’lumki, birgina shaxsiy kompyuterlarning paydo bo‘lishi va ulardan barcha sohalarda keng foydalanish ta’lim tizimi imkoniyatlari tubdan o‘zgartirdi, shu bilan birga Internet tarmog‘i ta’lim tizimiga yangi elektron axborot vositalarini tatbiq etish bo‘yicha yanada katta imkoniyatlar yaratmoqda. Shuning uchun ham ta’lim sifatini oshirishda o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini rivojlantirish eng avvalo, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini ta’lim va tarbiya tizimiga tatbiq etish bilan bog‘liq bo‘lib kompьyuterli ta’limning shakllanishiga imkon beradi. Ta’lim tizimida zamonaviy dasturlar bilan ta’minlangan kompьyuterlarni deyarli barcha didaktik masalalarni, shu jumladan axborotni yig‘ish, saqlash va uzatish, o‘quv-tarbiyaviy jarayonini boshqarish, talabalar bilimini nazorat va tahlil qilish, mashqlarni bajarish, o‘quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to‘plash kabi boshqa masalalarni hal etishda tatbiq etish mumkin.
Ta’lim tizimida axborot va innovatsion texnologiyalaridan mukammal foydalanish uchun asosiy e’tibor, eng avvalo, o‘qituvchiga va talabaga zarur bo‘lgan sharoitni yaratish hamda ta’lim -tarbiya jarayonlarida zamonaviy dasturiy vositalaridan samarali foydalanishni o‘rganishlari lozim [2]:

  • matn, jadval va taqdimot yaratish dasturlari:Word, Excel, Power Point, Access ;

  • test yaratish dasturlari : MyTest, EasyQuizy, Hot Potatoes, iSpring Quiz Maker, SunRavTest, SunRavTestPro;

  • mulьtimediali hujjatlar yaratish dasturlari: Auto Play Media Studio, CourseLab, iSpring Suite, Hot Potatoes , AutoPlay, AutoCAD ;

  • video taqdimotlarini yaratish dasturlari: Bandicam, Comtasiya Studio, Snagit, iSpring Conventor, iSpring Kinetics, iSpring Sute, iSpring Quiz Maker, iSpring Pro ;

  • matematik hisoblashlar va modellashtirish dasturlari: Criocodile Physics, Crocodile Chemistry, Crocodile Technology, Crocodile Mathematics, Crocodile ICT, Astronomy;

  • grafik dasturlari : Adobe Photoshop, Corel Draw, AdobeIllustrator, AnimatorPro;

  • uch o‘lchovli grafika: 3D Studio , 3D Studio MAX , Prisms, Three-D, SoftImage.

Hozirgi kunda ta’lim jarayoni sifatini oshirishning asosiy omillaridan biri, o‘qituvchilarning masofaviy o‘qitishning texnologiyalari va ularni tashkil qilish dasturiy vositalaridan foydalanish kompetentligini shakllantirishdir. Bu esa o‘z navbatida ulardan masofaviy o‘qitish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish, shu orqali ijobiy natijalarga erishish va zamonaviy dasturiy vositalardan foydalanish kasbiy kompe­tentligini shakllantirish texnologiyasini yaratishda muayyan o‘zgarishlarni amalga oshirish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Masofaviy o‘qitishni tashkil qilishning keng tarqalgan, boshqalari bilan solishtirganda samaraliroq bo‘lgan ikki usuli mavjuddir. Bular – videokon-ferensiya texnologiyasiga asoslangan masofaviy o‘qitish usuli va internet/intranet (Internet/Intranet) tarmog‘ida veb-texnologiyaga asoslangan masofaviy o‘qitish usulidir. Videokonferensiya texnologiyasi asosida qurilgan masofaviy o‘qitish tizimini sinxron ko‘rinishdagi masofaviy o‘qitish deb atash ham to‘g‘ri bo‘ladi. Bunga sabab, o‘quv jarayoni ham o‘qituvchi uchun, ham o‘quvchi uchun real vaqt mobaynida amalga oshadi:

Hozirgi vaqtda keng tarqalgan masofaviy ta’limni boshqarish tizimlaridan biri - LMS Moodle Moodle (Модулярная Объектно-Ориентированная Динамическая Обучающая Среда) [3].


Moodle ochiq kodli (Open Source) dasturiy ta’minot sifatida GNU Public License bilan tarqatiladi. Moodle o‘qitishni boshqarish tizimlari (Learning Management System) sinfiga tegishli bo‘lib, ko‘pchilikning birgalikda foydalanishiga imkon beruvchi online o‘quv materiallarni ishlab chiqish, boshqarish va tarqatish uchun xizmat qiladi. Ushbu o‘quv materiallar vizual o‘quv muhitda o‘rganish ketma-ketmaligini saqlagan holda yaratiladi.
O‘qituvchi Moodledan foydalanib o‘z kursini yaratishi, uni matn, yordamchi fayllar, prezentatsiyalar, so‘rovnomalar va boshqa xil shakldagi materiallar bilan to‘ldirib borish imkoniyatiga ega. Kursning har bir modulidan so‘ng oraliq nazorat testi o‘tkazilishi mumkin. Talabalarning topshiriqlarni bajarish natijalariga asosan o‘qituvchi baholar qo‘yishi va javoblarga izohlar berishi mumkin. Boshqacha aytganda, Moodleni o‘quv materialini yaratish va o‘quv jarayoni ishtirokchilari o‘rtasida interaktiv aloqani ta’minlashga xizmat qiladigan bir markaz deyish mumkin. Moodle o‘qituvchiga nafaqat talabalar bilan teskari aloqani samarali ravishda tashkillashtirish va ularning bilimini baholash, balki ma’ruza materiallari va amaliy mashg‘ulotlar tuzilmasini osongina o‘zgartirish uchun vositalar taqdim etadi.
Zoom dasturi zamonaviy axborot, telekommunikatsiya va veb texnologiya-lar imkoniyatlariga ko‘ra rang-barangligi, kontentning barcha yoshdagi iste’molchilarga moslashtirilganligi bilan o‘ziga jalb etadi. Natijada, o‘quvchilarga karantin sharoitida mustaqil ta’lim olishga ko‘maklashish, elektron ta’lim resurslaridan samarali foydalanish, ularga yangiliklarni tezkor ravishda etkazish imkonini berishi jarayon ishtirokchilarida qiziqishni kuchaytiradi. Undan foydalanishning oson va oddiyligi, yoshidan qat’i nazar zamonaviy internet va axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan samarali foydalanib barcha ta’lim ishtirokchilariga masofadan yordam berish imkonini ta’minlaydi.
Ushbu dasturiy vositalar masofaviy o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va uni uzatishda asosiy rolь o‘ynashiga qaramasdan, masofaviy o‘qitishda shtirok
etayotgan o‘qituvchilar asosiy e’tiborlarini axborot tashish texnologiya-siga emas, aksincha, o‘qitish natijasiga qaratishlari lozim. Samarali masofaviy o‘qitish jarayonini tashkil qilish yo‘lidagi birinchi qadamlarga o‘quvchilarning talablarini aniqlash, o‘quv materiallarining mazmunini tanlash va o‘qituvchi uchun o‘quv jarayonidagi mavjud chegaralarni aniqlash ishlari kiradi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchilarning dasturiy vositalardan foydalanish kompetentligini shakllantirish ta’lim tizimi sifatini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga imkon beradi:

  • ta’lim tizimida o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;

  • ta’lim tizimida o‘quvchilarning qobiliyati, iqtidori, mustaqil fikrlash, kommunikativ malakalarni shakllantirish, fanlar bo‘yicha bilim egallashni rivojlantirish, malak va ko‘nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish;

  • talabalar bilimini nazorat qilish uchun dasturiy vositalaridan avtomatlashtirilgan test sinovlari o‘tkazish, baholash va boshqarishda keng foydalanish, ya’ni pedagogik jarayonning samaradorligini oshirish;

  • o‘zlashtirilgan tajribalarni k,ayta ishlash, izlanuvchanlik va ijodkorlik faoliyatlarida namoyon bo‘ladigan anik, ifodalangan kasbiy yo‘naltirilganlik, bilimlarni egallash faolligini oshirish;

  • kasbiy faoliyatda kup uchraydigan xar qanday nostandart vaziyatlarda mustaqil ravishda qaror qabul kila olishga, shuningdek, dars jarayoni dasturiy vositalar asosida tashkil etish va natijalarini tahlil qila oladigan bilishga asos yaratadigan ilmiy tafakkurni rivojlantirish.


Yüklə 132,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin