Ta’lim sifatini oshirishdagi islohotlar, muommolar va
ularning yechimlari
O.Raupova
U.A.Maxmonov
TIQXMMI MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan
islohatlar, ularning ahamiyati haqidagi ma’lumotlar berilgan. Shuningdek oliy ta’lim
tizimida kuzatilayotgan ayrim muammolar haqida ham bayon etilgan.
Kalit soʻzlar:
oliy ta’lim tizimi, islohot, konsepsiya, muammo, mobillik.
Reforms, problems and their solutions in improving the
quality of education
O.Raupova
U.A.Maxmonov
Karshi Institute of Irrigation and Agrotechnology of TIAMMI NRU
Abstract:
This article provides information on the ongoing reforms in the
higher education system and their importance. It also addresses some of the
challenges facing the higher education system.
Keywords:
higher education system, reform, concept, problem, mobility.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish va ta’lim sifatini oshirish
yo’lida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz hayotida yuz
berayotgan siyosiy, ijtimoiy iqtisodiy va madaniy o’zgarishlar, shubhasiz, oliy ta’lim
muassasalari faoliyatiga ham o’z tasirini o’tkazmoqda. Endilikda oliy ta’lim
muassasalarining vazifasi bo’lajak mutaxasislarga faqat bilim berish emas, balki
ularning shaxsini shakllantirish, ularda amaliy va kasbiy ko’nikmalarni, malakalarini
shakllantirish, ijodiy va mustaqil fikrlashga o’rgatish, ularda kreativlik qobiliyatini
shakllantirish ham kiradi.
Bugungi
kunda
universitetlarning
ta’lim
berish
faoliyati
yanada
takomillashtirilib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati
yana bir bor namoyon boʻlmoqda. Yoshlarimiz sogʻlom hamda goʻzal turmush
kechirish, egallagan kasbi boʻyicha doimiy ish oʻrniga ega boʻlish, mas’uliyatni oʻz
zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, qisqacha
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1162
aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta’lim olishni
eng asosiy shart sifatida koʻrmoqda [1].
Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim
tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu hujjatga
intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va
innovasion faoliyatni samarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni
mustahkamlash maqsadida fan, ta’lim va ishlab chiqarish integrasiyasini rivojlantirish
singari vazifalar asos qilib olindi. Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta’lim
tizimini isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o’quv
yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta’lim sifatini oshirish, raqamli
texnologiyalar va ta’lim platformalarini joriy etish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb
qilish, innovasion tuzilmalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqotlar natijalarini
tijoratlashtirish, xalqaro e’tirofga erishish hamda boshqa ko’plab aniq yo’nalishlar
belgilab berilgan [1].
2018 yil 5 iyunda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan
keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ-3775-sonli qarori qabul qilindi va unda oliy ta’lim
muassasalarida ta’lim sifatini tubdan takomillashtirish, ularning mamlakatda amalga
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash, shuningdek,
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni izchil amalga
oshirish maqsadida tegishli chora-tadbirlar belgilab berildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909 sonli va 2017
yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli Qarorlari muhim ahamiyat kasb etib, mazkur hujjatlar
asosida oliy ta’lim tizimini tubdan modernizatsiya qilish orqali tayyorlanadigan
mutaxassislar va oliy malakali kadrlarni jahon intellektual mulk bozorida yuqori
baholanishini kafolatlovchi yangi sifat darajasiga koʻtarishning 2017-2021 yillarga
moʻljallangan kompleks dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur doirasida xorijiy
davlatlarning universitet va institutlarida yuzlab talabalarimizning oʻqishi, va
aksincha, mamlakatimiz OTMlarida nufuzli xorijiy professor-oʻqituvchilarni ishlashi
yoʻlga qoʻyildi. Bu yutuqlar asosan oliy ta’limni yangicha tashkiliy shakllari va
yoʻnalishlariga taalluqli boʻlib, ta’lim sifati va samaradorligi yuksaltirish boʻyicha
hali koʻplab muammolar oʻz yechimini kutib turibdi. Jumladan, ta’limni
boshqarishning optimal usullarini ishlab chiqish, maqsadli moliyalashtirish,
professor-oʻqituvchilar malakasini oshirishning yangi shakllarini joriy qilish,
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1163
talabalar bilimini baholash va uni doimiy monitoringini olib borish, ta’lim
yoʻnalishlari boʻyicha kontrakt mablag’lar miqdorini aholining daromadidan kelib
chiqqan holda belgilash va h.k [2].
Bundan tashqari oliy ta’lim tizimidagi muammolar sifatida quyidagilarni
keltirish mumkin:
1) Ayni vaqtda jamiyatning ijtimoiy hayotiga shiddatli tezlik bilan axborotlar
oqimi kirib kelmoqda va shiddat bilan tarqalmoqda. Axborotlarni tezkor sur’atda
qabul qilib olish, ularni tahlil etish va saralab olish, qayta ishlash, umumlashtirish,
xulosalash hamda eng toʻgʻri ma’lumotlarni talablarga yetkazib berishni yoʻlga
qoʻyish oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar oldida
turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi
1
.
2) Mobillik darajasi yuqori boʻlgan professor-oʻqituvchilar kontengentini
shakllantirishni, ularni xorijiy ta’lim va ilm-fan muassasalari, mamlakat ishlab
chiqarish korxonalari bilan uzviy bog’lanishlarini mustahkamlash
2
;
3) Oliy oʻquv yurtlari bilan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohasida
faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar hamkorligining chuqur va mukammal
yoʻlga qoʻyilmaganligi. Buning natijasida talabalarning hozirgi zamonaviy
texnologiyalar asosida faoliyat yuritayotgan korxonalarga borib, muammosiz va
qiyinchiliksiz ishlab ketishlarini ta’minlash uchun zaruriy bilimlarga ega boʻlishida
muammolar yuzaga kelmoqda.
4) Oliy ta’lim tizimida kuzatiladigan muammolardan yana biri, bu
moddiy-texnik bazaning yetishmasligi va mavjudlarining zamon talablariga mos
emasligidir. Bu oʻz navbatida darslarning siaftiga salbiy ta’sir etadi, talabalarning
zamonaviy oʻlchash asboblari, zamonaviy oʻlchash qurilmalari va oʻlchash tizimlari,
zamonaviy texnik vositalar va boshqalar haqida yetarlicha bilimlarga va amaliy
koʻnikmalarga ega boʻlmasligiga olib kelmoqda.
Yuqorida qayd etib oʻtilgan birinchi muammoning yechimi bevosita fan
oʻqituvchilari va OTM rahbariyati hamkorligida haletilishi mumkin. Bunda fan
oʻqituvchisi Internet tarmogʻidagi, ijtimoiy tarmoqlardagi va turli axborot vositalari
yordamida yoritib borilayotgan yangiliklardan, ya’ni oʻzi oʻqitayotgan fan sohasiga
oid yangiliklar va ma’lumotlardan doimiy tarzda xabardor boʻlib borishi, axborotlarni
tahlil qilishi va saralab olishi talab etiladi. OTM tomonidan esa bu borada
oʻqituvchiga tegishlicha amaliy yordam koʻrsatib borilishi va tegishlicha talablar
belgilanishi kerak boʻladi.
Oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarda ta’lim tizimini ishlab
chiqarish bilan bog’liqligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega ekanligiga e’tibor
1
N.T.Abullajonova. Oliy ta’limda ta’lim sifatini oshirish usullariga doir. Oliy ta’lim islohatlari: yutuqlar, muammolar,
yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materaillari toʻplami. 25-26 oktabr 2019 yil. 65-68 betlar.
2
Z.T.Xakimov. Oliy ta’lim islohatlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar va istiqbollari. Oliy ta’lim islohatlari: yutuqlar,
muammolar, yechimlar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materaillari toʻplami. 25-26 oktabr 2019 yil. 3-7 betlar.
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
1164
qaratilmoqda. Shu sababli oliy oʻquv yurtlari ishlab chiqarish korxonalari va xizmat
koʻrsatish sohasidagi tashkilotlar va muassasalar bilan hamkorlikni yanada
kuchaytirishga e’tibor qaratishi maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Moddiy-texnik bazaning yetishmasligi va mavjudlarining zamon talablariga mos
emasligi masalasini hal etishda OTM rahbariyati tashabbuskor boʻlishi lozim. Bunda
kerakli asbob-uskunalarni, jihozlarni faqat chetdan sotib olishnigina emas, balki ichki
imkonoyatlardan foydalangan holda, iqtidorli professor-oʻqituvchilar va talabalardan
foydalangan holda ishlab chiqishni ham reja qilish kerak boʻladi.
Oliy ta’lim islohotlarining mahsuli sifatida mamlakatimizda oliy ma’lumot
olmoqchi boʻlgan har qanday fuqaro uchun imkoniyatlar eshigi ochildi. Aniqroq
aytganda, yoshidan qat’iy nazar, oliy ma’lumotni kunduzgi, kechki va sitqi ta’lim
shaklida olishga sharoit yaratildi. Ya’ni mamlakatimizning har bir fuqarosi yoshi,
millati va elatidan qat’i nazar, oʻzining Konstitusion huquqlaridan to’liq foydalanish
imkoniyatiga ega boʻldi. Bundan tashqari, mehnat staji, ish tajribasiga ega boʻlgan
fuqarolar oʻzlari ishlayotgan korxonaning yuqori tashkilotlari tavsiyasi bilan
imtihonsiz, suhbat asosida oliy oʻquv yurtiga kirish imkoniyatini qoʻlga kiritdi.
Jumladan, kamida 5 yil ish stajiga ega xodimlarini 2021/2022 oʻquv yilida davlat
OTMlarining
sirtqi
va
kechki
ta’lim
shakliga
oʻqishga
kirishi
uchun
Respublikamizdagi 71 ta tashkilotga tavsiya berish huquqi berildi. Ular tomonidan
berilgan yoʻllanmaga koʻra, ishlovchi xodimlar imtihonsiz, suhbat natijalariga koʻra,
tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilish qoidasining
kiritilishi xalqimiz uchun kutilmagan yangilik boʻldi. Har bir tashkilot 100 tagacha
xodimiga shunday yoʻllanma berishi mumkinligi ham qayd etildi. Oliy ta’lim
islohotining bu qoidasi bozor munosabatlarining mohiyatiga ham moslandi [3].
Umumiy xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, oliy oʻquv yurtlarida
tayyorlanayotgan mutaxassis kadrlarning tayyorlanish sifati qanchalik yuqori boʻlsa,
ular zamonaviy bilimlarni qanchalik yuqori darajada egallagan boʻlsa, mamlakat
iqtisodiyotining asosiy boʻgʻinlari boʻlgan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish
tarmoqlarining rivojlanishiga, takomillashuviga va sifatning oshishiga xizmat qiladi.
neg yuqori sifatli mahsulot va xizmat jamiyat a’zolarining roziligiga, mazmunli hayot
kechirishga va mamlakatda tinchlikning ta’minlanishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: |