Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə167/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

«Do’stimga maktub»
Ko’rsatma. Sizga do’stingizga maktub yozish taklif qilinadi. Bunda siz o’zingiz haqingizda do’stingizga yozishingiz va tilaklar bildirishingiz mumkin. So’ngra siz maktubni xat jildga joylashtiring. Maktub anonim bo’lishi mumkin. Oxirgi mashg’ulotda hamma o’z maktubini oladi, o’qiydi va treningdan sovg’a sifatida olib qo’yadi.


Men –bu men
Ushbu mashg’ulotda har bir ishtirokchi o’z «Meni»ni anglash, shuningdek, atrofdagilar bilan o’zini taqqoslash imkoniyatiga ega bo’ladi.


«Rangli panjalar»
Ishtirokchilar xona bo’ylab ixtiyoriy harakat qiladilar. Trener kartondan yasalgan turli (ko’k, qizil, sariq) rangdagi «uchta qo’l»ni ushlab turadi. U bir rangdagi «panjani» ma’lum vaqtga yuqori ko’taradi. SHu vaqtda har bir ishtirokchi boshqa ko’proq ishtirokchilar bilan tegishli shartlashilgan usulda salomlashishi lozim.
Bu salomlashishda bir qator usullardan foydalanish ma’qulroq, masalan: «qizil panja»-qo’lni qisish uchun; «ko’k panja»-shyerigining yelkalarini qoqib qo’yish uchun; «sariq panja»-«orqa bilan» salomlashish uchun. Mashqlarni bajarish jarayonida so’zlashish ta’qiqlanadi.
Ushbu mashq ishtirokchilarda bir-birlariga simpatiya uyg’otishga olib kelishi ham nazarda tutiladi. Ishtirokchilarning o’zlari bilan o’tkaziladigan mashqlar qatorida boshqalar bilan birgalikda ishlashga, frustrtsiya holatini bartaraf etishga yordam beruvchi mashqlar ham zarur. Bunday maqsad uchun quyidagi mashq ancha qo’l keladi.


«Munosabat doskasi»
Mashg’ulotdan oldin devorga bir nechta vatman varag’i mahkamlab qo’yiladi.
Yo’riqnoma:Bu bizning o’ziga xos «munosabat doskamiz». Bu yerda o’ziga va boshqalarga munosabatni ifodalash mumkin. Siz nimanidir chizishingiz yoki yozishingiz mumkin. «munosabat doskasi» bu yerda bir necha mashg’ulotgacha saqlanadi.


«Musiqani to’xtating»
Musiqa yangraydi. Ishtirokchilar xona bo’ylab erkin harakatlanadilar. Faqat trener musiqani to’xtatgach, ishtirokchilar u bilan birga ekanliklarini qayd qilishlari mumkin. Buni kompliment yoki yoqimli ifodalarni aytish orqali amalga oshirish mumkin: «Men juda ham xursandman, biz yana birgamiz».

Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin