Jazolash - tarbiyalanuvchining xatti-harakati va faoliyatiga salbiy baho berish usuli.
Jamoa (lotincha «kollektivus» so’zining tarjimasi bo’lib, yigilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, guruh kabi ma’nolarni anglatadi) - bir necha a’zo (kishi)lardan iborat bo’lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maksad asosida tashkil topgan guruh.
Jismoniy tarbiya - o’quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy kismi.
Joriy nazorat – ta’lim jarayonida o’quvchilar tomonidan o’quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o’zlashtirilish bo’yicha bilim, ko’nikma va malakalari darajasini aniklash, baholash shakli.
Kategoriya - fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha.
Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» – o’rnini to’ldirish, tenglashtirish) - oliy nerv faoliyatining zahira imkoniyatlariga tayangan holda organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funksiyalarining o’rnini to’ldirish yoki kayta kurish.
Korreksiya (yunoncha «correctiio» - tuzatish) - pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanishidagi kamchiliklarini qisman yoki to’liq tuzatish.
Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha «defectus» – nukson, kamchilik, «logos» – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o’kitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshkarish mohiyati, qonuniyatlarini o’rganuvchi fan.
Madaniyat («cultura» so’zidan olingan bo’lib, parvarish kilish, ishlov berish ma’nosini bildiradi) – ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli ko’lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini kondirishga xizmat kiluvchi moddiy va ma’naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta’lim (bilim olish) mazmuni)– ta’lim jarayonida shaxs tomonidan o’zlashtirilishi zarur bo’lgan ilmiy bilim, amaliy ko’nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.