Axloqiy ong – shaxga axloqiy me’yorlar va hulq-atvor qoidalari to’grisidagi nazariy bilimlarni berish asosida hosil kilinuvchi ong shakli.
Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo’lgan tartib, odob, o’zaro munosabat, muloqot va hulq-atvor qoidalari, mezonlarini o’quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko’nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to’grisidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo’naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Baynalminallik («inter» – orasida, o’rtasida, aro, «natio» – xalk)– o’zga millat va elatlarning hak-huquqlari, erki, urf-odatlari, an’analari, turmush tarzi, tili hamda vijdon erkinligini hurmat kilish, ularning manfaatlariga ziyon yetkazmaslikni ifoda etuvchi shaxsga xos ma’naviy-axloqiy fazilat.
Bakalavriat - mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy ta’lim.
Bashoratlash - bo’lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan kabul kilingan mezonlarga muvofik eng ma’kulini tanlab olish.
Baho – ta’lim oluvchilarga ularning ta’lim olishi, bilimlarni o’zlashtirishga nisbatan ijodiy yondoshishini ragbatlantirish maksadida ta’sir ko’rsatish vositasi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, o’rganish, mashk kilish va muayyan tajriba asosida hulq-atvor hamda faoliyat ko’nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Bilish -ob’ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o’zlashtirish jarayoni.
Vatanparvarlik (lotincha «patriotes» – vatandosh, «patris» – vatan, yurt) - shaxsning o’zi mansub bo’lgan millat, tugilib o’sgan vatani tarixidan gururlanishi, buguni to’grisida kaygurishi hamda uning porlok istikboliga bo’lgan ishonchini ifoda etuvchi yuksak insoniy fazilat.