Verbal – bilim (ma’lumot, axborot)larni so’z yordamida (og’zaki) yetkazib berish, ifoda etish.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o’rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.
Davlat ramzlari - muayyan millat, elatning etnopsixologik xususiyatlari, karashlari, orzu-umidlari, intilishlari va maksadi, hududiy, ijtimoiy-goyaviy birlik mohiyatini anglatishga xizmat kiluvchi tasviriy belgilar majmui.
Davlat ta’lim standarti – 1) ta’lim olish shaklidan kat’iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo’lgan ta’lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o’quv fani bo’yicha ta’limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta’lim dasturlari mazmunining minimumi, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga ko’yiluvchi talablar.
Dars -bevosita o’qituvchi rahbarligida muayyan o’quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta’lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo’yicha ta’lim maksadi, o’quv dasturi va didaktik talablarga muvofik belgilangan ilmiy bilimlar to’grisidagi ma’lumotlarni beruvchi manba.
Didaktika (ta’lim nazariyasi) – (yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» – “o’rganuvchi”) - ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maksadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolari)ni o’rganuvchi fan.
Didaktika tamoyillari(lotin tilidan «principium» - har kanday nazariyaning asosiy, boshlangich, dastlabki holati) –ta’limni tashkil etishga ko’yilgan me’yoriy talablarni ifodalovchi, shuningdek, ta’lim jarayonining asosiy maksadi va qonuniyatlariga muvofik uning dastlabki holatini belgilovchi karashlari.
Didaktik tizim (yunoncha «systema» – yaxlit, kismlarda tashkil topgan, birlashtirish) – ma’lum mezonlari asosida ta’lim jarayoning yaxlit holatini belgilash, ajratib ko’rsatish.
Didaktik o’yin – o’rganilayotgan ob’ekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o’quvchining bilishga bo’lgan kizikishi va faollik darajasini ragbatlantiruvchi o’quv faoliyati turi.