«Ha» uchun bir balldan o`zingizcha hisoblang.
5, 10, 15, 16, 19, 26, 28, 30, 31.
«Yo`q» uchun ham bir balldan qo`ying.
1-10 ballgacha - sust motivlisiz.
11-16 - ballgacha o`rta darajada ishchansiz.
17-20 - o`rtachadan yuqori.
21 dan ko`proq - o`ta yuqori.
Vaziyatli masalalar (Keyslar) 1-keys. O`qituvchi yozma ishni tahlil qila turib, baholarni izohlay boshladi:
- Farhod, senga yaxshi. Sening ishing har doimgidek. Ammo birgina xatoga yo'1 qo`yibsan, afsus. Bilaman, bu albatta tasodifiy xato, lekin baribir xatoda.
- Hasanboy, senga ham «yaxshi» baho. Tabriklayman, barakalla, endi bu yog`ini bo`shashtirma!
- Jalil, bu safar senda xatolar kam. Avvalgi ishlaringga qaraganda ancha yaxshi. Buni sezilarli o`zgarish desa boladi. Yana harakat qilsang o`rtoqlaringga yetib olasan, «qoniqarli».
1. O`qituvchining baholash mushohadasini tahlil qiling.
2. O`qituvchi qoniqarsiz baho olgan o`quvchining nomiga o`zining ijobiy baholash mushohadasini qaratish bilan qanday vazifani yechishga urinyapti?
3. O`qituvchining turli baho olgan o`quvchilar nomiga bildirgan baholash mushohadasi variantlaridan misollar keltiring (ijobiy, salbiy, neytral).
a) Har vaqtdagiga nisbatan yuqori;
b) Doimgidan past;
d) Odatdagidek.
4. Baholarni sharhlab e'lon qilish va o’quvchilar bilimi haqida fikr yuritishdan pedagogning maqsadi nima edi?
2-keys. Darsga kechikib kelgan o`quvchilarning bahonalarini tinglang.
- Soatimiz to`xtab qolibdi, uxlab qolibmiz.
- Ukamni kitobi qolib ketibdi, yo`ldan qaytib borib, olib kelgunimcha dars boshlanib qolibdi.
- Bugun jismomy tarbiya darsi bor edi, oyim ertalab keta olib berdilar, yetib kelgunimcha qo`ng`iroq chalinibdi.
- Erta turib, dars tayyorlab o`tiraveribman, vaqtni o`tganini bilmay qolibman, shuning uchun kech qoldim.
- Men sinfga erta kelgan edim, sinf jamg`armasi menda edi, qaytib borib olib kelyapman.
1. Har bir javobni tahlil qiling.
2. Darsning boshida kechikkanlarning har biriga qanday e’tibor berasiz?
3. Kechikib qolganlarning har qaysinisiga darsning oxirida nima chora ko’rasiz?
4. Bolalarning shunga o`xshash bahonalar bilan keyingi safar ham kechikib kelishining oldini qanday olish mumkin?
5. Bu voqealarni ota-onalar yig`ilishida muhokama qilish mumkinmi? Qanday qilib?