10. Suhbat chog`ida xayolingiz chalg`ib ketsa, nima qilasiz? a) Umuman menga hamma narsa ayon.
b) Suhbat oxirida savol berish uchun suhbatning noaniq joyini eslab qolaman.
d) Gapirayotganni to`xtatib, o`sha yerni qaytarishni so`rayman.
11. Ertalab radio orqali eshitgan axborot yoki qo`shiqni qaytara olasizmi? a) Eslay olmayman.
b) Ha, lekin esga tushirish uchun vaqt kerak.
d) Ha, doimo.
12. Estrada xonandasining qaysi jihatlari sizga ko`proq yoqadi, nima uchun? a) Tashqi ko`rinishi.
b) Sahnada o`zini tutishi.
d) Ovozi
13. Konsertlarga tushish siz uchun: a) Ko`p qatori bo`lish.
b)Yaxshi ko`rgan xonanda bilan uchrashuv.
d) Qoniqish hosil qiladigan hodisa.
14. Siz mehmondasiz, u yerda sizdan boshqa yana 5-6 nafar kishi bor. Siz gap boshlaganingizda, ko`pincha: a) Siz suhbatning tashabbuskori emassiz.
b) Sizni hech kim tinglamaydi.
d) Hamma sizga mahliyo bo’ladi.
15. Siz jamiyatda ro`y berayotgan barcha hodisalardan xabardorsiz. Chunki siz: a) Gazeta o`qiysiz.
b) Radio eshitasiz.
d) Muntazam televizor ko`rasiz.
Ballarni qo`shib chiqing. 15-20 ball. Siz o`zgalarni tinglamaysiz. Balki siz o`zgalarni tinglashdan oladigan foydaning qadrini bilmassiz, lekin o`z bilim va tajribangiz uchun bu ishning foydasini bilishingiz zarur.
25-30 ball. Siz o`rtacha tinglovchisiz. Siz uchun suhbat ma’lumot manbai va muloqot uchun yetarli asos emas. Sizdan ko`p narsani o`rganish mumkin, lekin o`zingiz ham boshqalardan ko`p narsani o`rganishingiz mumkin, lekin o`zingiz ham boshqalardan ko`p narsa olishingiz mumkinligini, tanqid va e'tirozlar ham foydali ekanligini unutmang, ko`proq boshqalarni tinglang.
35-45 ball. Sizda noyob sifat - o`zgalarni tinglash va me'yorida gapirish bor. Siz bilan suhbatlashish juda yaxshi, chunki suhbatdosh sizdan doimo naf oladi. Siz o`zgalarning holatlarini tushunishga moyilsiz, ana shu noyob sifatni saqlang.