I.Karimov Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot yo najot masalasidir" degan fikrini ko`p mushohada qilib shunday yozgan edi:
"Buyuk mutafakkirlarni bu so`zlari asrimiz boshida millatimiz uchun, qanchalar muhim, dolzarb bo`lgan bo`lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunaliq balki undan ham ko`ra muhim va dolzarbdir..."'. O`tmishdagi pedagog olimlar qoldirgan" pedagogik qadriyatlar yosh avlod tarbiyasi uchun dasturul amaldir.
Mustaqillik tufayli pedagogika tarixini o`rganishda yangi-yangi muammolar o`rganilmoqda. Mustaqqillik pedagogik g`oyalarning rivojlanishida tarixiy izchillikni amalga oshirish, qadrlarning ma‘naviy, g`oyaviy tarbiyasini shakllantirishda pedagogik qadriyatlarga suyanish, ta‘lim-tarbiya sohasidagi o`tmish meros va umumbashariy qadriyatlar, milliy urf-odat va an‘analardan foydalanish bo`lajak o`qituvchining pedagogik bilim va mahoratini oshirish imkonini beradi.
Pedagogika tarixi fanining vazifasi xar bir o`qituvchi, murabbiy, tarbiyachi va turli kasb ziyolilariga insonshunoslik va tarbiya-ta‘limshunoslik borasida boy bilim, hayotiy malakalarni hosil qiladi. Pedagogika tarixi fani 1939 yildan boshlab, pedagogika oliy maktablarida o`qitilmoqda. Uning vazifalari.
-Kishilik taraqqiyotidagi ta‘lim-tarbiyaging ijtimoiy, ma‘naviy, ma‘rifiy riojlsshish haqida ma‘lumot berish;
-Utmishdagi ta‘lim va tarbiya masalalarini, texnologiyasini hamda maktab tizimidagi yukskak g`oya va tajribalarni jadal rivojlantirishni ijodiy o`rganish;
- Bo`lajak o`qituvchilarni o`quv tarbiya yo`li jarayonida buyuk mutafakkir olimlarning asarlaridagi pedagogik g`oyalarini o`rganish.
Pedagogika tarixi fani tarixiy tarakqiyot jarayonida xalqimiz yaratgan xalq pedagogik ijodini o`rganish va unga amal qilish bilan rivojlanadi. Pedagogika tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi:
1.Qadimgi Sharq va G`arb xalqlari pedagogika tarixi.Bu davrda tarbiya muammosi, uning kelib chiqishi, tarixiy tarakqiyoti. O`rta Osiyodagi ibtidoiy quldorlik davrlarida tarbiya mifologiyaning yaratilishi. Shu bilan birga Qadimgi Gretsiya va Rimda ta‘lim-tarbiya masalalari o`rganiladi.