Antik davrdan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Sharq uyg’onish davrida ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Reja:
Antik davrdan VII asrgacha tarbiya va pedagogik fikrlar.
Sharq uyg’onish davrida ilm-fan va pedagogik fikrlar taraqqiyoti.
Kishilik jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyoti jarayonida inson kamolotining qonun-qoidalari, tartibi va vositalarini o`rganish, umumlashtirish davr talabidir. Insoniyat mavjud ekan, uning ma‘naviy taraqqiyotini ta‘minlovchi ta‘lim, tarbiya, ma‘lumot kabi tushunchalar xar bir ijtimoiy tuzumda mavjud bo`lib, u tafakko`r tarixining qayta tug`ilishi va rivojlanishi bilan bog`lik holda pedagogika fanidagi yutuqlarini o`zlashtirish imkonini beradi.
Pedagogika tarixi fanini o`zlashtirish ma‘naviy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning xarakatlantiruvchi kuchi hisoblangan inson kamoloti haqidagi g`oyalarga ijodiy yondoshgan holda o`rganish imkonini beradi.
Pedagogika tarixini o`rganish inson kamolotining xazinasi bo`lib, kishilik jamoasi taraqqiyotidagi tajribalarga suyangan holda rivojlanib keldi.Ushbu fanni o`rganish o`qituvchida pedagogik madaniyat, mahorat, tarixiy asarlarni taxlil qilish va munosabat bildirish malakalarini shakllantiradi.
Pedagogika tarixi ijtimoiy fan bo`lib, uning metodologik asosi kishilik jamiyati taraqqiyotidagi milliy meros va qadriyatlar, ulug` qomusiy mutafakkirlarning inson kamoloti haqidagi asarlardagi g`oyalar ma‘rifatparvar va pedagoglarni ilmiy izlanishlari hisoblanadi.
O`z tarixini bilish xar bir millat uchun farz, chunki tarixni bilishga intilish inson aqli, farosatiga xos azaliy hususiyatdir.
SHu sababdan, pedagog o`z kasb faoliyatining kelib chiqishini, undagi ma‘naviy g`oyalarni pedagogika tarixi kursida o`rganadi.
Pedagogika tarixi yosh avlodning tarbiyasiga doir kishilik jamiyatining ijtimoiy, tarixiy bosqichlaridagi ta‘lim-tarbiya tizimi, uning qonun-qoidalari, ulug` mutafakkrlar hamda pedagoglarning ta‘lim-tarbiya va maorif sohasidagi g`oyalari va ularning rivojlantishini o`rganadigan fandir.
Pedagogika tarixi fani jahon va O`rta Osiyo xalqlari tarixidagi ma‘naviy va ta‘lim tarbiyaga doir fikrlarni o`rganishga xizmat qiladi. Bunda o`tmish ajdodlarimiz qoldirgan boy pedagogik meroslarini va uning milliy asoslarini o`rgatishga qaratilgandir. Pedagogika tarixiga kiritilgan g`oyalar bo`lajak o`qituvchiga bilim beribgina qolmay, balki ularda milliy iftixor va faxr xissini tarbiyalaydi. Yurtboshimiz I.Karimov aytganideq "Xalqimizning tayanchi ajdodlarimiz qoldirgan ma‘naviy merosining o`zi bir Xazina. Bu xazinadan oqilona foydalanish lozim"'.
Ma‘naviy istiqlol xazinasi ajdodlarimiz yaratgan milliy merosimizni chuqur o`rganib, uni butun dunyo oldida ko`z-ko`z qila bilishimiz kerak. Hind olimi Robindranat Tagor xar bir millat dunyo oldida o`z milliy moxiyatini namoyon etishga majbur ekanini aytgan edi.
Millat o`zida nimaiki yaxshi narsa bo`lsa uni umumiy mulkiga aylantirmogi lozim. Oliyjanob ruh millat boyligi hamdir. Uning mulki esa xususiy tor manfaatlarini yenga borib butun dunyoni o`z ma‘naviy madaniyatida qatnashishga taklif eta bilishligidadir.
- "Qadrlar tayyorlash milliy dasturi" bo`lajak mutaxassislarning jamiyatda o`z o`rnini topa bilishiga keng imkoniyat yaratadi.
Mustaqillik davrida xar bir inson o`z tarixini chuqur bilgandagina o`zligini anglay oladi.
Tariximizda juda ko`p ta‘lim-tarbiya tizimlari mavjud bo`lganligi tufayli mutaxassis o`sha davrdagi g`oya va ta‘lim-tarbiya mazmunini tahlil qilib, uni ijodiy rivojlantirmog`i lozim.
Dostları ilə paylaş: |