№
|
Ularning ta’rifi, xususiyatlari
|
№
|
Ta’lim qoidalari
|
1
|
Ta’lim jarayonida o’tilayotgan katta va kichiq mavzularning mazmunidan kelib chiqadigan tarbiyaviy tomonlarini to’g’ri belgilash va uni ta’lim bilan birga, bir butunlikda amalga oshirishni ta’minlash muhim ahamiyatga ega.
|
A
|
Ta’limning ilmiy bo’lish qoidasi.
|
2
|
Bu qoida o’qitish jarayonining sifatini orttiradi, o’quvchilarning bilim olishlarini osonlashtiradi. Bu qoida idrok etishni osonlashtirishi va nazariy bilimlarni hayot, amaliyot bilan bog’lash imkonini beradi.
|
B
|
Ta’limning tizimli va izchil bo’lishi
|
3
|
O’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir. Bunda ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bo’lib, u o’quvchining fikrlash faoliyati xususiyatlarini belgilaydi.
|
C
|
Ta’lim va tarbiyaning birligi
|
4
|
O’qituvchi bunda o’quvchilarga o’quv predmetining strukturasi va mantiqini chuqurroq tushunish, fanning bosh g’oyasi va asosiy qoidalarini ajratish, tabiat va jamiyat hodisalari o’rtasidagi ichki bog’lanishni aniqlash imkonini beradi. Bu qoida muvaffaqiyat garovi bo’lib, fikrlarni tartibga soladi.
|
D
|
Ta’limda nazariyaning amaliyot bilan bog’liq bo’lishi
|
5
|
Har bir fanni nazariy tushuntirish bilan birga uni amaliy tomonini, amaliyotga tadbiq etish yo’llarini ham o’rganish lozim.
|
E
|
Ta’limda ko’rsatmalilik qoidasi.
|
|