3. Manmanlik obro`yi. o`zlariga hammadan ortiq xurmat ko`rsatadigan, juda yuqori martabali arbob deb hisoblaydilar. Nuqul o`zlarini maqtaydilar, bolalarni nazar-pisand qilmaydilar.
4. Pedantlik obro`yi. Bu holda ota-onalar bolalariga ko`p e’tibor beradilar, bunday ota-onalar bir so`z aytdimi, aytgani aytgan deb o`ylaydilar. Bunga qattiq ishonadilar. Mening deganim degan, shunday bo`lishi kerak deydi. «Ertaga qor yog`adi, ko`chaga chiqib o'ynamanglar» deyildimi, ertasiga havo yaxshi bo`lsa ham, ko`chaga chiqib o`ynash taqiqlangan hisoblanadi.
5. Nasihatgo`ylik obro`yi. Bu holda ota-ona bolaga benihoya pandu-nasihat qilib ketadi. Bunday ota-onalar tarbiyaning butun hikmati nasihatgo`ylikda deb, biladilar. Bunday oilada quvnoqlik, jilmayish kamdan-kam bo’ladi.
6. Mehr-muhabbat obro`yi. Ko`pchilik ota-onalar bolalarning itoatli bo`lishlari uchun ular ota-onalarini sevishlari kerak, ota-onalar bu hurmatga sazovor bo`lishlari uchun esa bolalarga har qadamda girgitton bo`lishlari lozim, deb o`ylaydilar. Bolalaridan aylanib, o’rgilaveradilar, bolalarni bo`salarga ko`mib tashlaydilar. Bola gapga quloq solmay qo`yadi. Egoist bo`lib o`sadilar. Egoistlikni jafosini ko`p hollarda ota-onalar tortadilar.
7. Ko`ngil bo`shlik obro`yi. Bunday hollarda bolalarning itoatli bo`lishlariga ularning ko`ngliga yoqish yo’li bilan erishiladi. Bola nima desa, shunga xo`p deyishi bo`sh ko`ngillik qilish bilan erishiladi. Bunday ota-onalar bolaning hech qanday ra'yini qaytarmaydi. Bolaga hamma narsani ruxsat qilaveradi. Bunday oilada bolalar hash-pash de-guncha ota-onaning boshiga chiqib oladilar.
8. Apoq-chapoqlik obro`yi. Ko`pincha ota-onalar «bolalarimizni o`zimizga do`st qilib olamiz», deyishadi. Bu yaxshi. Lekin do`stlik oshib ketsa tarbiya to`xtaydi, bolalar ota-onalarini tarbiya qila boshlaydilar. Bunday do`stlik bo`lmaydi, chunki o`zaro hurmat bo`lmasa, hech qanday do`stlikning o`zi boilishi mumkin emas.