2-topshiriq. QUYIDAGI MATNNI O`QING,TAHLIL QILING. SIZNING OILANGIZDA OBRO`NING QAYSI TURI MAVJUD? BOLALAR TARBIYASIDA OTA-ONALAR OBRO`YI Oilada bolalarni to`g`ri tarbiyalashda ota-onalar obro`yi muhim rol o`ynaydi. Eng avvalo, «obro` nima?», degan savolga javob topishimiz kerak.
Obro` hech qanday dalil-isbot talab qilmaydi, katta yoshli kishini shunday deyish mumkin bo`Isa, o`z ko`zi bilan yaqqol ko`rib turadigan, hech qanday shubhasiz e'tirof qilinadigan ta'siri va hislatlaridir.
Ayrim ota-onalar obro'ni tug`ma deb biladi, u alohida bir iste'dod deb o`ylashga moyil bo`ladilar. Bu xatodir. Har bir oilada obro’ hosil qilinishi mumkin va bu ish hatto qiyin ham emas. Ko`pincha ota-onalar bolalarni itoatli bo`lishlariga intiladilar, buni maqsad qilib oladilar - bu ham to`g`ri emas. Itoat maqsad bo'la olmaydi. Maqsad birgina bo`lishi mumkin: u ham bo`lsa to`g`ri tarbiyadir. Agar bolalari itoatli bolsalar, xotirjam yuraveradilar, bola itoatli bo`lib o`sadi, lekin ojiz odam bo’lib qoladi. Mana shunday yolg`ondakam obro`larni bir necha turlarini sanash mumkin.
1.Zug`um obro`yi. Bunday obro`ga ko`proq otalar mubtalo bo`ladilar. Otaning bunday zug`umidan butun oila tartib saqlab turadi. Bunday obro` bolada hech qanday xislatni tarbiyalamaydi.
2. Masofa obro`yi. Bolalarni itoatli qilish uchun ular bilan kamroq gaplashish, ulardan uzoqroq bo`lish, onda sonda faqat rahbar sifatida muomala qilish kerak deb ishonadigan ota va onalar bor.