"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua


SHaxsga-yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasini qo‘llanilishi – talabalarni faollashtirish, shaxsni rivojlantirish, o‘quv vaqtidan maqbul foydalanishni ta’minlaydi



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə13/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98
pedtexnologiya

SHaxsga-yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasini qo‘llanilishi – talabalarni faollashtirish, shaxsni rivojlantirish, o‘quv vaqtidan maqbul foydalanishni ta’minlaydi.

  • Bir marta tuzilgan o‘quv hujjatlari asosida o‘quv jarayonini ko‘p marotaba takrorlash imkoniyati orqali pedagogik texnologiyada iqtisodiy samaraga erishiladi.



    1.4. Pedagogik texnologiyaning umumiy tuzilmasi
    Pedagogik texnologiya, o‘z tamoyillariga, binoan, tegishli tabiiy qobiliyatga va zaruriy o‘qituvchilik ish tajribasiga ega bo‘lgan etuk pedagoglar tomonidan loyihalanadi. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari, qayta takrorlanadigan o‘rgatuvchi sikl sifatida ro‘yobga chiqariladigan o‘quv jarayonini yaratishga imkon beradilar.
    Qayta takrorlanadigan o‘qitish shakli sifatida, qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyaning umumiy tarkibi (tuzilmasi) 1.5-rasmda tasvir etilgan. Pedagogik texnologiya quyidagi asosiy elementlardan iborat:

    • O‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish. Ularni o‘lchash va baholash mezonlarini o‘rnatish;

    • O‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan, o‘quv jarayonini ishlab chiqish va aniq tasvirlash;

    • Butun o‘quv jarayonini, o‘qitish natijalariga kafolatli erishishga qaratish;

    Pedagogik texnologiyalarni yaratish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, o‘ta aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish uchun, amerikalik pedagog-olim B.Blum taksonomiyasidan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘lchov mezonlarini o‘rnatish va ularni baholash ishlab chiqilgan diagnostik testlar yordamida bajariladi.
    Bunda, har bir o‘quv materialining minimal o‘zlashtirilish darajasini belgilash muhit ahamiyatga ega. Butun o‘quv jarayoni, unga qaratilgan taqdirdagina, o‘quv maqsadlariga erishish mumkin bo‘ladi.
    O‘quv jarayonini o‘quv maqsadlariga erishishga yo‘naltirish, o‘quv rejasini ishlab chiqishdan boshlanadi. Birinchi navbatda o‘quv rejadagi har bir fanning, mutaxassis tayyorlashdagi o‘rni va va ahamiyatini aniq o‘rnatish zarur. Bu esa, Davlat ta’lim standartlari va mutaxassis fao­liyatining chuqur tahlili asosida bajariladi. O‘quv fanining mutaxassis tayyorlashdagi roliga ko‘ra, mashg‘ulotlar turlari – ma’ruzaviy, amaliy (seminar), laboratoriya, mustaqil ishlar orasidagi munosabatlar o‘rnatiladi.
    Yo‘nalish fanlari uchun amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlariga ajratilgan o‘quv soatlari ma’ruzaviy soatlardan ko‘p bo‘lishi kerak, chunki bu erda olingan bilimlarni qo‘llash, tahlil etish,
    SHu bilan bir qatorda Oliy maktab o‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga, auditoriya soatlari va mustaqil ish uchun ajratilgan soatlar orastdagi nisbatlarni maqbullashtirish ta’sir ko‘rsatadi.
    Ta’lim kursi oshishi bilan mustaqil ishlash malakalari va zaruriyati oshib boradi. Zero, ta’lim kursi oshishi bilan, malakalarni shakllantirish mutaxassis kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni bajarish talablari oshib boradi.
    O‘quv jarayonining tashkil etish samaradorligiga ta’sir etuvchi, keyingi omil, o‘quv grafigini maqbullashtirish hisoblanadi. O‘qitish jarayonining samaradorligi nuqtai nazardan, bir haftaga ajratilgan auditoriya soatlarning eng kam miqdori to‘rt soatni tashkil etishi kerak. Haftalik auditoriya soatlari bundan kam bo‘lgan fanlar uchun o‘quv jarayonini blokli tashkil etish tavsiya etiladi. O‘quv maqsadlariga erishishda, o‘quv jarayonining muhim tarkibiy elementi sifatida, o‘qitish jarayonini samarali tashkil etishga alohida o‘rin ajratiladi. SHaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyalari samarali hisoblanadi. O‘qitishning ushbu texnologiyalari, talabaning tabiiy qobiliyati darajasida fanlarni o‘zlashtirish uchun sharoit yaratadilar, shaxs rivojiga imkoniyat tug‘diradilar. sintez, baholash darajasida bo‘lishi muhimdir. YA’ni, mutaxassis faoliyati uchun zarur bo‘lgan malakalarga ega bo‘lishi lozim. Boshqa turdagi o‘quv fanlari uchun mashg‘ulotlar turlari orasidagi munosabat o‘zgacha nisbatlarda rejalashtiriladi.



    Yüklə 1,62 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   98




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin