"TA’lim texnologiyalari" fanidan o’quv uslubiy majmua


-mavzu. O‘quv jarayonini ishlab chiqish va uni nazorat qilish



Yüklə 1,62 Mb.
səhifə19/98
tarix17.03.2023
ölçüsü1,62 Mb.
#88496
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98
pedtexnologiya

3-mavzu. O‘quv jarayonini ishlab chiqish va uni nazorat qilish.
Reja:

  1. O’qitish jarayonini tashkil etish shartlari.

  2. O‘quv maqsadlariga erishish monitoringini loyihalashtirish

  3. Test. Test turlari va ularni tuzish tartibi.



Tayanch tushunchalar: o’quv faoliyati, ishlab chiqish, test, testlashtirish, monitoring, o’quv maqsadlari, loyihalashtirish.
3.1. O’qitish jarayonini tashkil etish shartlari.
O‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish o‘qitish samaradorligini ta’minlovchi eng asosiy manba hisoblanadi. Birinchi navbatda, bu ma’ruzalar va amaliy (laboratoriya, seminar) seminar mashg‘ulotlar orasidagi mutanosiblikni aniqlashga tegishlidir. Bu mutanosiblik o‘quv fanning mutaxassis tayyorlash tizimidagi o‘rniga bog‘liq uni Davlat ta’lim standartlari asosida belgilash maqsadga muvofiqdir. Ma’ruzalar va amaliy mashg‘ulotlarning mutanosibligi turli bo‘lishi mumkin. Masalan: 100%-0; 70%-30%; 50-50%; 30%-70%. Oliy maktabda biror bir fandan amaliy mashg‘ulotlarning bo‘lmasligi juda kam uchraydigan holdir. Nisbatning 30%-70%, ya’ni amaliy mashg‘ulotlarning ma’ruzalardan ancha ko‘p bo‘lishi ayrim maxsus fanlargagina qo‘l keladi. CHunki, odatda, maxsus fanlar amaliyotda qo‘llay olish darajasida o‘zlash­tirilishi lozim. 70%-30% nisbat, odatda ijtimoiy-iqtisodiy fanlar (texnik oliy o‘quv yurtlarida), 50-50% umumkasbiy fanlar uchun qo‘llaniladi. Matematik va tabiiy fanlar uchun ushbu nisbat ta’lim yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi.
O‘quv jarayonini tashkil etishda auditoriya va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar nisbatining ahamiyati ham juda muhimdir.
Bu nisbat 67%-33%; 60%-40%; oliy maktabning I va II kurslarida qo‘llaniladi, chunki talabalar hali samarali mustaqil ishlash malakala­riga ega emaslar, III va IV kurslarda 50%-50%; 40%-60% ishlatish maqsadga muvofiqdir, chunki endi talabalar zaruriy mustaqil ishlash malakalariga ega va talabalar kurs ishlari, loyihalari, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni, bitiruv malakaviy ishni bajarishlari kerak. O‘quv jarayonini kredit tizimida tashkil etishda, auditoriya va mustaqil ishlash soatlarining nisbati 33%-67% bo‘lishi odatiy bir holdir


Auditoriya soatlari tizimida ma’ruzalar va amaliy (laboratoriya, seminar) mashg‘ulotlarning samarali mutanosibligini, auditoriya va mustaqil ishlar uchun ajratilgan soatlar nisbatini to‘g‘ri belgilash o‘quv jarayonini tashkil etishning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qitishdagi barcha yondashuvlarni guruhlab, ularni quyidagi ko‘rinishlarga ajratish mumkin: tushuntirish-ko‘rgazmali, ijodiy izlanish va texnologik.
O‘qitishning tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuvi – bunda o‘quvchi­lar mashg‘ulot davomida o‘quv va uslubiy adabiyotlardagi illyustrativ vositalar orqali «tayyor» holda bilim oladilar. Bu yondashuv an’anaviydir. Ushbu yondashuv o‘qituvchining o‘quv axborotini etkazishi va talaba xotirasiga to‘plash va mustahkamlashdan iborat. Bunda «bilim» tushunchasi xotirada saqlanayotgan ma’lumot ma’nosini anglatadi. Uning (bilimning) mavjudligi nazorat va imtihonlar orqali tekshiriladi. Bu bosqichda, ya’ni uni qayta takrorlash bosqichida, bilim uzoq vaqt saqlanmaydi. O‘qitishning tushuntirish-ko‘rgazmali usulida o‘qituvchi­ning talabaga o‘quv axborotini etkazishida, odatda, talabaning faolligi va o‘quv ma’lumotni qabul qilishga tayyorligi hisobga olinmaydi. Bunda o‘qituvchining asosiy vazifasi o‘quv axborotini talabaga etkazish va ma’lum yo‘llar bilan uni talaba xotirasida mustahkamlashdan iborat. Bu yondashuvda o‘quv maqsadlari umumiy ko‘rsatiladi va o‘quv fanining darajasi haqida xira tassavur bo‘ladi. O‘qitish maqsadiga erishilganligini baholash imkoniyati bo‘lmaydi, chunki ular noaniq va mujmal qo‘yiladi. O‘qitish sifati pedagogning mahorati va talabalar kontingentiga bog‘liq bo‘ladi.
Talabaning o‘quv axborotini qabul qilishi, o‘ylashi, uning xulosalari, baholashlari reproduktiv (qayta tiklash) fikr yuritish doirasida qoladi. O‘qitishning tushuntirish-ko‘rgazmali yondashuvi o‘z mohiyati bilan reproduktiv usul bo‘lib, bu usulda ta’lim oluvchilarning faoliyati algoritmik xarakterga ega bo‘ladi. O‘qitishning tushuntirish-ko‘rgazmali usuli bir necha asrlar davomida doimo takomillashib, ta’lim tizimiga katta xizmat qildi. Ammo u hozirgi kunda ilmiy-texnik taraqqiyotning oshib borayotgan talablariga javob bera olmay qo‘ydi.
O‘qitishning ijodiy izlanish (tadqiqot yondashuvi) – bu pedagog boshchiligida qo‘yilgan muammolar, masalalarni echishning yo‘llarini faol izlashni tashkil etish usulidir. Fikrlash jarayoni produktiv (unumli) xarakterga ega bo‘ladi. Pedagog bosqichma-bosqich, doimiy ravishda talabaning izlanish jarayonini yo‘naltiradi va nazorat qiladi. Bunda vazifalar va muammolar tahlilidan, qisqa og‘zaki yoki yozma tushuntirishdan so‘ng, ta’lim oluvchilar mustaqil ravishda adabiyotlar va manbalarni o‘rganadilar, kuzatishlar va boshqa izlanishlar olib boradilar. O‘quv ishi usullari bevosita ilmiy tadqiqot usullarigacha rivojlanib, mustaqil tadqiqot va tashabbusga qiziqish paydo bo‘ladi. Talabalar mustaqil ravishda yangi tajribalarga ega bo‘ladi, yangi faoliyat turlarini o‘rganadi. O‘qitishning izlanish modellarining ta’lim mazmuni bilan o‘zaro ta’siri, shaxsning tadqiqotchilik holati uning faol, ijodiy faoliyati yo‘nalishiga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik texnologiya – bu o‘quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo‘lib, ommaviy ta’lim sharoitida o‘qitishning zaruriy sifatini ta’minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradi. Pedagogik texnologiya tamoyillarini tizimli amalga oshirish rejalashtirilgan natijalarga kafolatli erishishni ta’minlaydi. Pedagogik texnologiyada muammoli o‘qitishning ishlatilishi unga tadqiqot tusini beradi, ya’ni o‘qitishda ijodiy izlanish amalga oshiriladi.



Yüklə 1,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   98




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin