o‘tkazish, aylantirish
o‘zgartirib berish
surat bilan ko‘rsatish
izoh berish, ochib tashlash.
Qo‘llash
Tadbiq etish
Hisoblab chiqarish
Namoyish etish
Foydalanish, o‘rganish.
Aniqlash
bajarish
hisoblash
amalga oshirish, echish
Analiz
Keltirib chiqarish
Ajratib ko‘rsatish
Differensiyalash
Tasniflash
Taklif etish
oldindan aytish
qismlarga ajratish
taqsimlash
tekshirish
guruhlash
Sintez
Kashf etish
Umumiylashtirish
Rejalashtirish
Ishlab chiqish
tizimga solish, qo‘shish ulamoq
tuzish
loyihalash
Baholash
Diagnostikalash
Isbotlash
Asoslash
O‘lchash
Ma’qullash
baholash, tekshirish
nazorat qilish,
taqqoslash, solishtirish,
qiyoslash
O‘quv fani bo‘yicha o‘quv maqsadlarni aniqlashtirish bu taksonomiya asosida uch bosqichda o‘tkazish tavsiya etiladi:
Birinchi bosqichda har bir mavzu bo‘yicha tayanch iboralarni aniqlash lozim. Odatda bu 3…5 tayanch iboralar yoki atamadan iborat. Tayanch iboralar, atamalar, tushunchalar yig‘indichi mavzuning asosiy mazmunini, uning mohiyatini belgilaydi. Bir fan bo‘yicha tayanch iboralar, atamalar, tushunchalarning umumiy soni bir necha o‘nlikdan, bir necha yuztagacha bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi bosqichda fan, bo‘lim, mavzu bo‘yicha o‘quv maqsadlar toifasini aniqlash lozim.
O‘quv maqsadlarning bunday bo‘linishi, ishlab chiqarishda texnologik jarayonni bosqichma-bosqich, operatsiyalarga, bo‘linmalarga bo‘lib bajarilishiga o‘xshaydi.
O‘quv maqsadlarini aniqlashtirish tabiiyligi, o‘quv maqsadlarning majmuasi «o‘quv maqsadlar daraxtini» shakllantirish bilan belgilanadi.
D araxtning asosiy tubi fanning o‘quv maqsadi;
SHoxlari – bo‘lim (modul)larning o‘quv maqsadi;
SHoxchalari – mavzular o‘quv maqsadi;
Barglari – tayanch iboralarning o‘quv maqsadi.
2.1-rasm. O‘quv maqsadlar «Daraxti».
Uchinchi bosqich o‘quv maqsadlarga erishilish mezonlarini belgilash lozim, ya’ni maqsadni shunday ifodalash kerakki, unga erishilganligini adashmasdan aniqlash mumkin bo‘lsin. Bu qaysi sohada (o‘quv jarayonida yoki ishlab chiqarishda) qo‘llanilishidan qat’iy nazar, «texnologiya» atamasining mazmunidan kelib chiqadigan asosiy talablardan biridir.
Bunday aniq tasniflash o‘quv jarayonini maqbul rejalashtirish va rejalashtirilgan o‘quv natijasiga erishishni ta’minlaydi.
Rejalashtirilgan natijaga erishganlikni, ya’ni o‘quv maqsadini amalga oshirishni faqat tashqi ko‘rinishlarga qarab baholash mumkin – savollarga javob, masalalarni echish va boshqalar, shuni alohida ta’kidlash kerakki tashqi belgilarga ko‘ra baholashda talabaning ichki holatidagi o‘zgarishlar uning intelektual rivojlanishi hisobga olinmaydi. Bu esa o‘qitish maqsadlaridan biridir.