1.4-rasm. O‘quv maqsadlarning shakllanish piramidasi 5. Faoliyat yondashuvi tamoyili Ilmiy texnik taraqqiyotning hozirgi bosqichi murakkab yuqori texnologiyalarni qo‘llash, ilmtalab mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan xarakterlanadi, bunda nafaqat fan ishlab chiqarishning jadal rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Balki ishlab chiqarish fanning jadal rivojlaniga sharoit yaratadi. Bu sharoitlarda, faoliyat yondashuviga tayangan o‘quv jarayonning samaradorligi oshadi. O‘quv reja, fanlar dasturi, mashg‘ulotlar turi bo‘yicha o‘quv soatlari, mutaxassis faoliyatining batafsil tahlili asosida o‘rnatilishi maqsadga muvofiqdir - hozirgi paytda «yuz bor eshitishdan ko‘ra, bir bor ko‘rish afzaldir» degan tamoyilga tayanish kamlik qiladi. «Hozirgi zamon sharoitida, o‘quv jarayoni «yuz bor ko‘rmoqdan ko‘ra, bir bor bajarish afzal» degan tamoyilga asoslanib tashkil etilishi kerak. Kasb ta’limi maktabi uchun, bu tamoyil o‘ta muhim ahamiyatga egadir.
«Faoliyat» tushunchasining mohiyati o‘z ichiga maqsad, vosita va jarayonni o‘zini qamrab oladi.
Mutaxassis faoliyatining tahlilida, ushbu tashkiliy qismlar va ularning o‘zaro ta’siri inobatga olinishi kerak. Bu o‘quv jarayonini samarali tashkil etishga imkoniyat beradi. «Faoliyat» tushunchasining mazmuni nuqtai nazaridan, o‘quv jarayoni ham maqsadlari, vositalari, natijasi va jarayonni o‘zi bilan xarakterlanadi. O‘quv jarayoni, bo‘lajak mutaxassisning o‘quv faoliyati sifatida tasvirlanadi.
6. Boshqariluvchanlik tamoyili. Pedagogik texnologiya o‘qitishning rejalashtirilgan natijalariga erishishni kafolatlaydi. Bunga, faqat o‘quv jarayoni boshqariladigan taqdirdagina erishish mumkin. Boshqariluvchilik tamoyilining ahamiyati shu bilan belgilanadi. Boshqarish – jarayonni rejalashtirilgan maromda amalga oshirish, o‘qitish maqsadlariga erishish dasturini ro‘yobga chiqarish uchun xizmat qiladi. Mazkur tamoyil o‘qitishning joriy natijalarini ko‘p bosqichli diagnostik (tashxisiy) tekshiruvlar o‘tkazish imkoniyatini, - ko‘zda tutadi butun o‘qitish davrida o‘qitish jarayonini boshqarish asosan didaktik testlardan foydalanib amalga oshiriladi. O‘qitish jarayonida didaktik testlardan foydalanish, teskari aloqani ta’minlaydi. Teskari aloqa natijalarining tahlili, ko‘zlangan natijaga erishish uchun vositalar va uslublarni o‘zgartirish orqali o‘qitish jarayonini boshqarish imkoniyatini beradi. Boshqarilish tamoyili, o‘qitish jarayonini va shu bilan birga uning natijalariga muntazam ravishda tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.