Fan, texnika va texnologiyaning jadal rivojlanishi sharoitida o‘qitish tizimiga quyidagi talablar qo‘yiladi: a) individual va mustaqil ishlash, ilmiy-texnik axborot bilan ishlash malakalarini rivojlantirish; b) original va nostandart qarorlar, ishchanlik - qobiliyatlarini rivojlantirish; v) o‘qitishni individuallashtirish (o‘qishga turli qobiliyatga ega bo‘lgani uchun); g) bilim harakatchanligi, tanqidiy fikrlashganda moslashuvanlik va ijod, ishlab chiqarishning zudlik bilan o‘zgaruvchan sharoitiga mos epchillikni shakllantirish.
Bayon etilgan, bir tomondan pedagogik texnologiyaning sodir bo‘lish zaruriyatini tasdiqlasa, ikkinchi tomondan u ilmiy texnik taraqqiyot jadallashuvining mahsuloti ekanligini namoyish etadi. SHu sababli, ilmiy texnik taraqqiyot tezlashuviga 2…3 va undan ortiq fanlar ulanishlarida paydo bo‘ladigan yangi fanlarning ta’sirini alohida ta’kidlash zarur bo‘ladi. Pedagogik texnologiya ham ikkita fan – «pedagogika» va «texnologiya»lar ulanishida paydo bo‘lga yangi fanlardan biridir. Pedagogik texnologiya ilmiy texnika taraqqiyoti jadallashuvi talabalari darajasida kadrlar tayyorlashuvi talablari darajasida kadrlar tayyorlashni ta’minlash imkoniyatini yaratdi. Pedagogik texnologiyaning tarkibiy qismlari tegishli davr talablari asosida ham paydo bo‘ladilar.
«Pedagogika» bu keksa avloddan hayot uchun zaruriy bo‘lgan ijtimoiy tajribalarni yosh avlodga berish va uning yosh avlod tomonidan faol o‘zlashtirish qonuniyatlarini o‘rganadigan fandir.
XVIII asrning boshlarida ingliz faylasufi va tabiatshunos olimi Frensis Bekon (1561-1626 yy.) tomonidan, pedagogika falsafa bilimlari tizimidan chiqarib olingan edi. U 1623 yili «Afzalliklar va fanlarning ko‘payishi haqida» chop etilgan asarida, pedagogikani bilimning alohida sohasi sifatida «O‘qishga qo‘llanma» haqidagi fan deb atadi. O‘sha asrda pedagogikaning mustaqil fan sifatdagi maqomi, mashhur chex pedagogi YAn Amos Komenskiyning (1542-1670 yy.) asarlari va obro‘yi tufayli mustahkamlanadi. U o‘zining mashhur «Buyuk didaktika» asarida, o‘quv ishining nazariyasi va uni tashkil etishining asosiy masalalarini ishlab chiqdi.
Pedagogikaning predmeti bu o‘rganish, ta’lim, tarbiya sharoitida inson shaxsining yo‘naltirilgan rivojlanish va shakllanish jarayoni hisoblanadi.
SHunday qilib pedagogika, inson shaxsining rivoji va shakllanish mohiyatini o‘rganish haqidagi fan sifatda namoyon bo‘ladi. SHu asosda o‘qitish va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti maxsus tashkil etilgan pedagogik jarayon sifatida belgilanadi. Pedagogika fan sifatida, ommaviy o‘qitishni tashkil etishni talab etadigan kengaytirilgan ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilayotgan davrda, paydo bo‘ldi.
«Texnologiya» materiallar yoki yarim fabrikatlarni olish, ishlov berish va qayta ishlash usullarini ishlab chiquvchi va takomillashtiruvchi ilmiy fandir.
«Texnologiya» fani ham qadimgi yunonistonda paydo bo‘ldi va u ikkita so‘z – «texne» - san’at va «logos» - o‘rganish – dan iborat. Ushbu davrda, bu hunarmandning predmetni tayyorlash san’atiga, ustozi rahbarligi ostida (mashqlar tufayli) o‘zining tirishqoqligi va tabiiy iqtidori orqali erishishini anglatar edi.
«Texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishiga – XVII asrda, sanoat ishlab chiqarishini paydo bo‘lishi metallurgiya, mashinasozlik, jumladan sanoat jihozlari, paroxod, parovoz, o‘q otuvchi qurollarni ishlab chiqarish jadal rivojlana boshlanishi, sabab bo‘ldi.
«Texnologiya» va «Pedagogika»ning fan sifatida bir tarixiy davrda shakllanganligi, bu qonuniy hodisadir. CHunki kengaytirilgan va ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish, ommaviy o‘qitishni taqozo etdi. YUqorida zikr etilganlar ta’lim asoschisi YA.A. Komenskiyning ilmiy merosini tashkil etadi. «Pedagogika» fanining rivojlanish asosiy bosqichlarini belgilab berishi mumkin (1.1-rasm).
XX asrning ikkinchi yarmidagi ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvining beqiyos va yuqori talablariga javob beradigan pedagogik texnologiyaning paydo bo‘lishi ham shu qonuniyatga bo‘ysunadi.
Jamiyat va ta’limning rivoji – bu ikkisi yagonalashgan tizim bo‘lib, uni «jamiyat-ta’lim» tizimi sifatida tasvirlash mumkin. Bu tizim ishlab chiqarish usuli, o‘qitish vositalari va o‘qitish tizimi omillari bilan belgilanadi (1.2-rasm)
Ushbu rasmda XX asrning ikkinchi yarmida «Pedagogik texnologiya»ning fan sifatida vujudga kelishi va uning asosiy rivojlanish bosqichlari, o‘qitish tizimining rivojlanish ob’ektivligi yaqqol aks ettirilgan. Zamonaviy rivojlanish, fan jamiyatning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi bilan belgilanadi.