Ta’lim to’g’risida


-topshiriq. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda keltirilgan asosiy tushunchalarni “Muqobilini tanlash testi” metodi orqali aniqlashtiring



Yüklə 38,11 Kb.
səhifə3/4
tarix10.05.2022
ölçüsü38,11 Kb.
#57466
1   2   3   4
1-seminar ishlanmasi 22904

3-topshiriq. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunda keltirilgan asosiy tushunchalarni “Muqobilini tanlash testi” metodi orqali aniqlashtiring


1

davlat akkreditatsiyasi

A

ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar

2

davlat ta’lim standartlari

B

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa

3

malaka

D

davlat tomonidan ta’limning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui

4

davlat ta’lim talablari

E

shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi

5

davlat ta’lim muassasasi

F

davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon

6

ta’lim kampusi

G

davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs

7

nodavlat ta’lim tashkiloti

H

yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish ob’ektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti

Javobi

1

2

3

4

5

6

7




























Yüklə 38,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin