Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə17/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2 5303311611488906251

III. Tajriba qism
Eritmalar tayyorlash8.
Ishning maqsadi: turli konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashni o`rginish.
Kerakli reaktiv va jihozlar: Texno-kimyoviy tarozi, probirka, shtativ, menzurka, stakan, areometr, asbest to`r,distillangan suv, shisha tayoqcha, kaliy bixromat, sulfat kislota, mis sulfat, natriy tiosulfat.
1-tajriba.5 % li kaliy bixromat eritmasini tayyorlash.50 g 5 % li eritma tayyorlash uchun kaliy bixromatdan qancha miqdor kerakligini hisoblang.Unda qancha hajm suv olish kerak? Texno-kimyoviy tarozida (0,02 g aniqlik bilan ) soat oynasining massasini aniqlang. Bunda hisoblangan miqdordagi kaliy bixromatni tortib oling .Menzurkada kerakli hajmdagi distillangan suvni o`lchang.Bixromatni stakanchaga soling.Menzurkadagi suvni stakanchaga quying. Aralashmani tuz kristallari to`liq eriguncha aralashtiring va 50-60 ml li silindrga, uning 4/ 5 hajmigacha quying. Tayyorlangan eritmaning zichligini areometr bilan aniqlang. Zichlikka asoslanib eritmadagi bixromatning foiz konsentratsiyasini toping.
2-tajriba.Kaliy bixromatning eruvchanligini aniqlash. 2 g kaliy bixromatning maydalangan kukunidan tortib oling va stakanchaga (50 ml) soling. Unga 10 ml distillangan suv quying.Stakanchani asbest to`rga qo`yib, tuz to`liq eriguncha qizdiring.Olingan tiniq eritmani uy temperatusagicha soviting. Eritma sovitilgandan keyin nima bo`ladi? Kuzatilgan hodisani tushuntiring.
3-tajriba. Mis sulfat va natriy tiosulfat tuzlarining eritmalarini tayorlash. 50 ml li stakanchaga 20 ml distillangan suv quying. Stakanchani kattaroq suvli stakanga yoki suvli kristallizatorga tushiring va suv temperaturasini o`zgarmas 20 yoki 25 0C ga keltiring. Tortib olingan mis sulfat yoki natriy tiosulfat kristallaridan oz-ozdan solib tuz batamom erib ketguncha shisha tayoqcha bilan aralashtiring. Stakanchaning tagida ozgina tuz erimay qolguncha, mis sulfat qo`shing va chayqatishni davom ettiring. Stakanchani suvdan chiqarib, tagidagi tuz erib ketguncha qizdiring. Mis sulfatning sovuq va issiq suvda eruvchanligi to`g`risida xulosa chiqaring. Nima uchun issiq eritma dastlabki temperaturagacha sovitilganda cho`kma tushadi?

Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin