Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari


Erish jarayoni. Mendeleevning gidratlar nazariyasi. Eritma haqidagi talimotlar



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə4/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
2 5303311611488906251

2.2.Erish jarayoni. Mendeleevning gidratlar nazariyasi. Eritma haqidagi talimotlar
Qadimgi kimyogarlar «Kimyo — tabiiy jismlarni qanday eritishni o’rgatadigan san'atdir»-deb yozgan edilar. Kimyo faniga berilgan bu ta'rif juda tor ma'noda bo’lsa ham, moddalarning kimyoviy o’zgarishida erish jarayonining juda katta ahamiyati borligini ko’rsatadi. Ulug‛ rus olimi M.V. Lomonosovning 1745 yilda nashr qilingan va fizik kimyoga doir dastlabki ilmiy ishi — dissertatsiyasi «Kimyoviy erituvchilarning ta'siriga doir»,-deb atalib, erish jarayoniga bag‛ishlangan edi. Erish jarayoni, sodda qilib aytganda, bir modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari orasida bir tekis taqsimlanishidan iborat, bunda eritmalar hosil bo’ladi. Tarkibida ikki yoki bir necha modda bor bir jinsli tizimlar eritmalar deyiladi. Erish jarayoni bir modda molekulalari va ionlarining boshqa modda molekulalari yoki ionlari orasida oddiy taqsimlanishidangina iborat bo’lib qolmay, balki ayni moddalar orasida turli hil fizik va kimyoviy o’zaro ta'sirlar ham bo’lishi mumkin. Eritmada qaysi moddaning miqdori ko’p bo’lsa yoki qaysi modda o’z agregat holatini o’zgartirmagan bo’lsa shu modda erituvchi, qolgani esa erigan modda deyiladi. Eritmalar erigan modda zarrachalarining kattakichikligiga qarab chin eritmalar, kolloid eritmalar va dag‛al dispers tizimlarga bo’linadi. Chin eritmada erigan modda zarrachalarining o’lchami 1 nanometr (10-6mm) dan kichik, kolloid eritmada 1 dan 100 nanometrgacha, dag‛al dispers tizimlarda esa 100 nanometrdan katta bo’ladi.
Eritmalar agregat holatiga ko’ra, uch guruhga bo’linadi: 1) gazlar aralashmasi (masalan, havo); 2) suyuq eritmalar; 3) qattiq eritmalar (masalan, mis bilan nikel qotishmasi, bu qotishmadan chaqa pul yasaladi). Xalq xo’jaligida, ayniqsa qishloq xo’jaligida asosan, suyuq eritmalar bilan ish ko’rilganligi sababli biz suyuq eritmalarni batafsil ko’rib chiqish bilan cheklanamiz. Suyuq eritmalarga gazlarning suyuqlikdagi, suyuqliklarning suyuqlikdagi va qattiq moddalarning suyuqlikdagi eritmalari kiradi.Eritmaning eng muhim tavsifnomasi uning kontsentratsiyasidir.Eritmaning muayyan miqdoridagi erigan modda miqdori eritmaningkontsentratsivasi deyiladi.Erigan moddaning miqdori eritmaning massasiga yoki hajmiga nisbatan olinishiga qarab og‛irlik yoki hajmiy kontsentratsiya bo’ladi.Eritmaning og‛irlik kontsentratsiyasi, odatda, protsentlarda ifodalanadi yoki eritmaning zichligi bilan beriladi. Masalan, 100 grammida 10 g Tuz va 90 g suv bor eritma 10 protsentli eritma deyiladi. Erigan moddaning massasi mollarda yoki 1 l eritmadagi gramm ekvivalentlarda berilganligiga qarab hajmiy kontsentratsiya molyarlik yoki normallik bilan ifodalanadi. Agar 1 l eritmada n mol erigan modda bo’lsa, hajmiy kontsentratsiya C=n/V ga teng. Hajmiy kontsentratsiyaga titr ham kiradi.1 sm3 eritmadagi erigan moddaning grammlar soni bilan ifodalanadigan kontsentratsiya titr deyiladi.Ba'zan kontsentratsiya 1000 g erituvchidagi erigan moddaning molyar soni bilan ham ifodalanadi (molyar kontsentratsivaì).
Har hil agregat holatdagi moddalarning erish jarayoniga erituvchi va erigan modda molekulalarining qutblanganligi katta ta'sir ko’rsatadi. Qutblanganlik shundan iboratki, ayrim moddalar molekulasida elektr zaryadlari notekis taqsimlanganligi sababli molekulaning bir qismida musbat zaryadlar, ikkinchi qismida esa manfiy zaryadlar ko’payib qoladi.Molekulaning qutblanganlik darajasini tushuntirish uchun dipol degan tushuncha kiritiladi. Kattalik jihatidan teng, lekin ishorasi qarama-qarshi bo’lgan va bir-biridan ma'lum l masofada turgan ikki elektr zaryad (e+ va e- dan iborat tizim) dipol deyiladi. Zaryadlar o’ichamining ular orasidagi masofaga ko’paytmasi dipol moment deyiladi vaμ bilan ishoralanadi:
μ=el

Dipol momenti SI tizimda k. m. bilan ifodalanadi (elektron zaryadi 1.6∙10-19 Kl (kulon) ga, molekulaning chiziqli o’lchami esa 10-10, m ga teng).Ba'zi moddalar molekulalarining dipol momenti qiymatlari 1jadvalda keltirilgan.
Eritmalarning qutblanganlik darajasi ularning dielektrik doimiysi (dielektrik singdiruvchanligi) degan kattalik bilan ham baholanadi. Bu kattalik ikkita elektr zaryad orasidagi tortilish yoki itarilish kuchi ayni muhitda vakuumdagidan (ε=l) qancha kichik ekanligini ko’rsatadi. Odatda, kuchli darajada qutblangan molekulali suyuqliklarning dielektrik doimiysi katta bo’ladi.
1--jadvalBa'zi moddalar molekulalarining dipol momentlari (dina1/2cm2)


Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin