Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə8/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
2 5303311611488906251

P1=P10N1
bundaN1 - eritmadagi erituvchining molyar qismi, demak, berilgan eritma uchun bug‛ bosimining pasayishi erigan modda bilan erituvchining tabiatiga va haroratga bog‛liq bo‛lmay, faqat eritmaning kontsentratsiyasiga bog‛liq. Bu qonun Raulning tonometrik qonuni deb ataladi. Raul qonuni juda suyultirilgan (va ideal) eritmalar uchungina to’la muvofiq keladi. Eritmaning kontsentratsiyasi ortgan sari bu qonundan chetga chiqish darajasi ham orta boradi.
Raul Fransua Mari (10.V.1830-1.IV.1901) frantsuz fizigi va kimyogari. Parij fanlar akademiyasining muxbir a'zosi.Parij universitetini bitirib, Sen-De kollejida o’qituvchi bo’ldi, 1867—1901 yillarda Grenobl universitetida ishladi.Uning asosiy ilmiy ishlari eritmalarga oid bo’lib, eritma ustidagi bug‛ bosimi erigan moddaning miqdoriga bog‛liqligini aniqladi.Tozalangan benzolda tiofen borligini aniqladi.Raul Peterburg fanlar akademiyasining muxbir a'zosi edi.
Suyuitirilgan eritmalarning muzlash va qaynash haroratlarining kontsentratsiyaga qarab o’zgarishi. Ma’lumki, suyuqlikning to’yingan bug‛ bosimi atmosfera bosimiga teng bo’ladigan harorat shu suyuqlikning qaynash harorati deyiladi.Moddaning qattih holatdagi bug‛ bosimi uning suyuq holatdagi bug‛ bosimiga, teng bo’ladigan harorat, ya'ni moddaning kristallana boshlash harorati uning muzlash harorati deyiladi.Qattiq modda biror erituvchida eritilganda erituvchining bug‛ bosimi pasayishini ' yuqorida ko’rib o’tdik.Bug‛ bosimi pasayganda eritma toza erituvchiga qaraganda yuqoriroq haroratda qaynaydi, chunki bunda bug‛ bosimini tashqi atmosfera bosimiga yetkazish uchun yuqoriroq haroratgacha qizdirish kerak bo’ladi.
Elektrolitik dissotsilanish sodir bo‛lmaydigan suyultirilgan eritmalar qaynash haroratining ko’tarilishi Δtqayn erigan moddaning molyal kontsentratsiyasiga (C) proportsional bo’ladi:
Δtqayn=EqaynC
bundaEqaynhar qaysi erituvchi uchun o’zgarmas bo’lgan proportsionallik koeffìtsientini; u erituvchining ebulioskopik doimiysi deyiladi. Cning qiymati, odatda, 1000 g erituvchida erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi.
Yuqoridagi tenglamaga C ning qiymatini (C=g/M) qo’ysak, M=Eqayn g / Δtqayn yoki M=Eg1000/bΔtkelib chiqadi (b-erituvchi miqdori).
Bu formula yordamida kontsentratsiyasi ma'lum bo’lgan eritmaning qaynash haroratini o’lchash yo‛li bilan erigan moddaning molekulyar massasini aniqlash mumkin. Ba'zi erituvchilarning ebulioskopik doimiysi qiymatlari 2-jadvalda berilgan.2--jadval



Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin