Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar mavzuda ilmiy va ilmiy texnik onlayn konferens


TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR



Yüklə 38,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü38,19 Kb.
#208017
1   2   3
20-23

TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
 
ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENSIYA 


TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
21
adabiyoyotida tutgan o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlari, muallifning darslik yaratishdagi harakatlari, uning ta`lim-
tarbiya sohasidagi qarashlari o‘zbek xalqining ruhiyati, turmush tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas 
bog'langanligi, adibning boy pedagogik merosi milliy maktab, milliy pedagogikani rivojlantirishda 
qimmatbaho manba bo‘lib xizmat qilganini o‘rganib chiqish davr talabiga aylanmoqda. 
O‘zbek adabiyotshunosligida taniqli ma`rifatparvar adib Abdulla Avloniyning badiiy ijodi, asarlarining 
o‘ziga xos g'oyaviy-badiiy xususiyatlari, shuningdek, uning pedagogik mavzudagi asarlari haqida ba`zi ishlar 
qilingan, mulohazalar bildirilgan. Masalan, adibning bolalar adabiyotiga qo‘shgan ulushi haqida 
R.Barakaevning ‘‘O‘zbek bolalar adabiyoti va Abdulla Avloniy ijodi” nomli monografiyasi e`lon qilingan. 
Bu kitobda olim taniqli adibning bolalar adabiyotini yuksaltirish uchun chekkan zahmatlarini birma-bir 
ko‘rsatib o‘tgan. 
Abdulla Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand-
to‘quvchi oilasida dunyoga keldi. Ota-onasi savodli kishilar bo‘lganlar. Abdulla Avloniy eski usul maktabini 
tamomlagandan keyin 12 yoshida madrasaga o‘qishga kiradi. U yozda ishlab ota-onasiga yordam qilar, boshqa 
vaqtlarda o‘qir edi. 
Abdulla Avloniy o‘z tarjimai holida yozishicha: «1885-yildan boshlang‘ich maktabda o‘qidim. O‘qchi 
mahallada Akromxon domladan xat-savodim chiqdi. 1890-yilda maktabni bitirib, mahalladagi madrasada dars 
o‘qiy boshladim. Yoshim 13 ga yetgach, yo‘qsullik menga ta' sir qildi. Yoz kunlarida mardikorlik qilib, ota-
onamga biroz yordamda bo‘lib, qish kunlarida o‘qir edim. So‘ngra O‘qchi mahalladagi domlamizning kam 
havsalaligidan, o‘quvda davomsizligidan O‘qchi madrasasini tark qilib, 14 yoshimda Shayxantavurdagi 
Abdulmalikboy dahasiga kelib, Mullo Umar Oxunddan dars o‘qiy boshladim. Bu chog‘larda ham qish 
kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikor ishlamoqqa majbur edim». 
O‘ta iqtidorli bo‘lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she'rlar yoza boshladi. U 1894-yildan boshlab she'rlar 
yozishga kirishgan bo‘lsa-da, biroq yoshlik davrida yozgan she'rlari bizgacha saqlanmagan. Dastlabki 
she'rlarida va «Hijron» degan maqolasida xalqni yangi usul maktablarida o‘qib-o‘rganishga targ‘ib qildi. 
Avbdulla Avloniy 1907-yilda «Shuhrat», «Osiyo» nomli yangi gazetalar chiqara boshladi, lekin chor 
amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib qo‘yadi. Abdulla Avloniy keyinroq «Sadoyi Turkiston» (1914-
1915), «Turon» (1917), «Ishtirokiyun» (1918) gazetalarida, «Kasabachilik harakati» (1921) jurnalida 
muharrir bo‘lib ishlaydi. Shundan so‘ng, u o‘zbek matbuotning zabardast vakili, o‘zbek matbuotning 
asoschilaridan biri sifatida taniladi. Abdulla Avloniy o‘zbek xalqning san'ati va adabiyoti hamda milliy 
madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo‘lga qo‘yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli 
pedagogdir. 
Abdulla Avloniy o‘zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo‘lib, o‘zbek xalq teatrini professional teatrga 
aylantirish uchun 1913-yilda «Turon» nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning 
professonal teatrga aylanishi uchun katta to‘siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati 
xalqning ijtimoiy ongining uyg‘onishiga yordam ko‘rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. 


TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
22
Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo‘lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va 
ijtimoiy mazmundagi pyesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma'rifati yo‘lidagi zo‘r jasorati edi. 
Abdulla Avloniy 1907-yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi 
usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va doskalar 
yasadi. Maktabga qabul qilingan bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganligi uchun 
ularni kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta'minlash maqsadida, do‘stlarining ko‘magida «Jamiyati 
xayriya» tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. «Nashriyot» shirkati tuzib, Xadrada «Maktab 
kutubxonasi» nomli kitob do‘konini ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga 
ko‘ra mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq 
qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan 
muayyan ma'lumotlar beradi. 
Abdulla Avloniy 1917-yil to‘ntarishidan keyin, 1918-yildan boshlab respublikamizda o‘qituvchilar 
uyushmasi, qrovullar, tunukachilar, ko‘nchilar, hunarmandlar va bosmaxona xodimlarining kasaba 
uyushmalarini tashkil qilib, ularga rahbarlik qiladi. Sobiq eski shahar ishchi dehqon Sovet Ijroiya Komitetiga 
rais qilib saylanadi. Avloniy Turkiston respublikasi milliy Komissariyatining mas'ul xodimi sifatida milliy 
urf-odatlar va yangicha madaniy normalar hamda qonunlarga doir masalalar bilan shug‘ullanadi. 
Abdulla Avloniy 1920-yildan boshlab Toshkentda tashkil qilingan o‘lka bilim yurtida, so‘ngra xotin-
qizlar bilim yurtida mudirlik qildi. U xalq maorif institudida, turkfront harbiy maktabida (harbiy bilim yurti) 
o‘qituvchi bo‘lib ishladi. 1924-1929 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetida (SAGU) va boshqa oliy o‘quv 
yurtlarida o‘qituvchilik qilish bilan birga ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi.Abdulla Avloniy yangi adabiyot 
dasturi asosida 1933-yilda o‘zbek maktablarining VII sinflari uchun «Adabiyot xrestomatiyasi» tuzdi. 
Avloniyning «Ikkinchi muallim» kitobi «Birinchi muallim» kitobining uzviy davomidir. Biz birinchi kitobini, 
shartli ravishda, alifbe deb, ikkinchi kitobini xrestomatiya deb atasak joiz bo‘lar, desak xato bo‘lmas. Kitob 
maktabni olqishlovchi she'r bilan boshlanadi:
Maktab sizi inson qilur, 
Maktab hayot ehson qilur, 
Maktab g‘ami vayron qilur, 
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Maktabdadur ilmu kamol, 
Maktabdadur husnu jamol, 
Maktabdadur milliy xayol, 
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon!
Bu she'rda Avloniy maktabni insonning najot yo‘li, hayotning gulshani, kishilarni kamolot sari safarbar 
qiluvchi kuch, deb maqtaydi. 


TA’LIM VA INNOVATSION TADQIQOTLAR 
MAVZUDA ILMIY VA ILMIY TEXNIK ONLAYN KONFERENS 
https://t.me/scienceboxofficial 
http://conf.sciencebox.uz/ 
23
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida «Turkiy guliston yoxud axloq» asari XX asr 
boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o‘rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir. «Turkiy guliston 
yoxud axloq» asari axloqiy va ta'limiy tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni «yaxshilikka chaqiruvchi
yomonlardan qaytaruvchi» bir ilm-axloq haqida fikr yuritiladi. 
Abdulla Avloniy pedagog sifatida bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida 
nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan 
turub yulduzlarga qo‘l uzatmak
kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy 
sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. 

Yüklə 38,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin