Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


II bob. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirish uslublari



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə12/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
2 5472272876134470789

II bob. Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirish uslublari

2.1. O‘quvchilarni ongli va to‘g‘ri o`qishga o`rgatish usullari

Boshlang`ich ta'limda o`qishning uch turidan foydalaniladi:

1. Ovozli o`qish.

2.Ichda o`qish.

3. Shivirlab o`qish

Ovozli o`qish ovozga asoslangan o`qish bo`lab, undan ta`lim jarayonida keng foydalaniladi. Ovozli o`qishning yakka, jo`r va rollarga bo`lib, o`qish usullari mavjud. Yod aytish ham ovozli o`qishning bir shaklidir.

Ichda o`qish ham tovushga asoslangan, lekin unda ovozsiz o`qiladi. Shivirlab o`qish yarim ovoz bilan o`qishdir. Malakali kitobxon o`qishning har uch turini bilishi zarur.

Ovozli o`qishning ham, ovozsiz ichda o`qishning ham, shivirlab o`qishning ham o`z qo`llanish o`rni va afzalliklari hamda kamchiliklari bor. Masalan, 2- sinf o`quvchilari ichida o`qiganda kam so`z o`qiydi, so`zning ma’nolarini tushunmay qoladi, o`qiganlarining mazmunini to`liq o`zlashtira olmaydilar. Psixologik izlanishlar o`qishni endi o`rganayotgan o`quvchilar o`qilayotgan matnni tushunib borishlari uchun eshitish sezgisiga ham sezganliklarini ko`rsatganlar. Ikkinchidan, ikkinchi sinf o`quvchilarida o`qish ko`nikmalari yaxshi shakllanmagani uchun ichda o`qish jarayonida ayrim so`zlarni noto`g`ri o`qish natijasida uning ma’nosini tushunmaganlar. Shularni nazarda tutgan holda 1- 2- sinflar ovozli va shivirlab o`qishdan foydalaniladi. 3-4- sinflarda ovozli o`qish bilan birga ichda o`qishdan ham foydalaniladi. 3-4- sinflar ichda o`qish ancha samarali bo`ladi. Lekin bu sinflarda ichda o`qish mexanik o`qishga aylanmasligi kerak. Ichda o`qish biror maqsadga yo`naltirilishi kerak, ya`ni turli topshiriqlar asosida ichda o`qitilishi lozim. Masalan, “She`rni ichingizda o`qib, ifodali o`qishga tayyorlaning.”, “Hikoyani ichingizda o`qing, ma`nosi tushunarsiz so`zlarni lug`at daftaringizga yozing.”,

“Lug`atdan foydalanib, ularning ma`nosini izohlashga harakat qiling”. -Hikoyani ichingizda o`qib, uni qismlarga bo`ling.

-Ichingizda o`qib, ovoz chiqarib to`g`ri o`qishga tayyorlaning.

-Ichingizda o`qing. Tabiatning ko`rinishi tasvirlangan o`rinni toping.

Bu topshiriqlar sinfdan sinfga o`tgan sari murakkablashib boradi. Bunda o`quvchilarning asarni qanchalik idrok etganliklari tekshirilib borilishi zarur.

Ichda o`qish quyidagi afzalliklarga ega:


  1. Bir vaqtning o`zida butun sinf o`quvchilari o`qiydi.

  2. O`quvchilarda asar matni ustida mustaqil ishlash ko`nikmalari takomillashadi.

  3. O`qituvchi har bir o`quvchining mustaqil ishlash jarayonida o`zlashtirish darajasini aniqlaydi.

  4. Ichda o`qishda ongli o`qishga talab, e`tibor kuchayadi.

Ichda o`qishda o`qituvchi o`quvchilar o`qishidagi kamchiliklarni aniqlay olmaydi. Bu undan foydalanishdagi kamchilikdir.

Ovozli o`qishning afzalliklari quyidagilar:



  1. O`qituvchi o`quvchilarning xato va kamchiliklarini, o`qish ko`nikmalarini aniqlay oladi.

  2. Kichik yoshdagi o`quvchilar ovoz chiqarib o`qisalar, matn mazmunini tez tushunib oladilar.

  3. Ovozli o`qishdan kitobxon estetik zavq oladi.

  4. Ovozli o`qishda ifodalilikka katta e`tibor beriladi.

  5. Ovozli o`qish o`quvchilar lug`atini boyitish va nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega.

Maktabda o`qishning bu uch turi navbatma-navbat almashtirib turiladi. 1-2-sinflarda ovozli va pichirlab o`qishdan ichga o`qishga o`tilsa, 3-4- sinflarda ichdan o`qishdan ovozli o`qishga o`tiladi. 3-4- sinflarda o`qishning turlaridan foydalanishda chegara qo`yilmaydi.

Boshlang`ich sinflarda o`qishning hamma turiga bir xil talab qo`yiladi, ya’ni o`qish to`g`ri bo`lishi, tez, ongli va ifodali bo`lishi zarur.

Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o`qituvchi badiiy asarning san’at asari sifatida o`ziga xos xususiyatlari va o`quvchilarning tayyorgarlik darajasini nazarda tutadi.

Badiiy asarda barcha qismlar (g`oyaviy asos, kompozitsiya, syujet, tasviriy vositalar) o`zaro bog`liq bo`ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi. Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o`qish va idrok etishni talab etadi.

O`quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o`rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini shakllantirish va o`stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan voqealarga munosabat uyg`otadi. Asar tahlili o`qituvchidan o`quvchilar faoliyatini ma`lum maqsadga yo`naltirishni taqozo qiladi.

Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy voqeani yoritish orqali o`quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan iboratdir. O`quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g`oya, muammolarni to`liq




Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin