Sh. M. Mirziyoyev
O‘zbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi mamlakatimiz maktablarida taʼlim sifatini oshirish bo‘yicha ustuvor vazifalarni belgilab olgan va bu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlandi.
Xalq taʼlimi vazirligi esa maktablarda taʼlim sifatini oshirish, taʼlim muassasalarini malakali kadrlar bilan taʼminlash, o‘qituvchi mavqeini oshirish, o‘quv dasturi va darsliklar mazmunini takomillashtirish vazifalari topshirildi. Shu bilan birga xalqaro taʼlim dasturlarining (STEAM) ijobiy natijalarini o‘rgangan holda milliy taʼlim dasturlarini yaratish, xalqaro baholash dasturlarini (PISA va PIRLS -2021) tatbiq etish belgilab berildi.
Keyinchi yillarda taʼlim sohasida katta burilishlarga guvoh boʻlmoqdamiz. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga qaratilgan eʼtibor alohida ajralib turadi. Yaratilgan yangi darsliklar, dasturlar, metodik qoʻllanmalar tubdan farq qiladi. Yangi tizim oʻquvchilarni oddiylik qolibidan olib chiqib ularning dunyoqarashini, fikrlash doirasini kengaytirishga qaratilgan. Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga olgan bilim, koʻnikmalarini hayotga qoʻllashga oʻrgatadi. Oʻquvchilarda koʻproq nutqini, lugʻat boyligini takomillashtirish yoʻlga qoʻyilgan.
Oʻquvchilarda soʻz boyligini rivojlantirish rivojlanishning eng muhim vazifalaridan biridir, chunki yetarli lugʻat kognitiv matbuotni shakllantirishni toʻliq oʻrganishga yordam beradi va bilimlarni muvaffaqiyatli oʻzlashtirishga imkon beradi. F.A. Sahenning qayd etishicha, u lugʻat yaratishni xalqlar tarixi davomida toʻplagan lugʻat boyligini oʻzlashtirishning uzoq davom etadigan jarayoni deb tushunadi. V.I.Loginova jarayonning sifat va sifatsiz tomonlarini ajratib koʻrsatadi.
Oʻquvchilarning ogʻzaki va yozma nutqlarini me’yorlashda, ularning mutanosibligini ta’minlashda, milliy tilning tabiati va oʻziga xos xususiyatini belgilashda, ifoda va talaffuz qonuniyatlarini aks ettirishda ohangdorlik, ya’ni qiroat bilan oʻqishning amaliy ahamiyatini oʻstirish, adabiy til me’yori va mezonlariga rioya qilish, oʻqish, oʻqish metodlarini takomillashhtirish yoʻllarini izlash va eng qulaylarini amaliyotga tatbiq qilish zarur.
Adabiy til tushunchasi keng qamrovli, koʻp qirrali hodisadir. Adabiy til taraqqiyoti barqarorligini ta’minlashda bolalarning yoshlikdan nutq madaniyatlarini tarkib toptirish va tarbiyalash lozim. Ma’lumki, har qanday jamiyatning kelajagi yosh avlodning qanday ta’lim olishiga va qay tarzda tarbiyalanishiga bog‘liq. Ana shunday avlodgina mamlakat oldida turgan umumdavlat amaliyotiga molik vazifalarni bajarishga qodir bo‘lib, o‘z xalqining tarixiy taqdirini belgilab bera oladi. Shunga ko‘ra yosh avlodni ma'naviy - axloqiy barkamol inson qilib tarbiyalash davlatimiz oldidagi turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Chunki, faqat ma'naviy barkamol, erkin va ozod insongina kuchli bilim va tafakkur orqali har bir soxada to‘la muvaffaqiyat qozona olishi mumkin.
Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab insonning ma’naviy dunyosiga, uning har tomonlama yetuk bo‘lishiga jamiyatning sog‘lom turmush tarziga e‘tibor har qachongidan kuchaytirildi. Ma’naviy axloqli va komil insonni tarbiyalab, voyaga yetkazish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Shaxs ma'naviyatini tarbiyalash va rivojlantirish oiladan boshlanadi va maktabda davom ettiriladi. Bolaning eng asosiy vaqti endi maktabda o'tadi. Shuning uchun maktab ta’limini va maktab darsliklarini mukammallashtirish bugungi kunimizning asosiy vazifalaridan biridir. “Ma’naviyat haqida har qancha da’vatlar, muhim nazariy fikrlar bildirilmasin, agar ularni jamiyat ongiga singdirish uchun doimiy ish olib bormasak, bu boradagi faoliyatimizni har tomonlama puxta o‘ylangan tizimli ravishda tashkil etmasak, tabiiyki, biz ko‘zlangan maqsadga erisholmaymiz, ya’ni inson qalbiga yo‘l topolmaymiz. Yurtboshimizning yuqorida bildirgan fikrlariga qo‘shilgan holda bugungi kun boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘z oldilariga yosh avlodni barkamol avlod vakili qilib tarbiyalashni bosh maqsad qilib qo‘yganlar. Bu borada ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, yurtboshimiz tomonidan e’lon qilingan.
“Xalqning madaniy qadriyatlari, ma’naviy merosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma`naviyat manbai bo`lib xizmat qilgan. Uzoq davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay O`zbekiston xalqi avloddan-avlodga o`tib kelgan tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o`ziga xos an`analarini saqlab qolishga muvaffaq bo`ldi». Yurtboshimizning ushbu fikrlariga qo`shilgan holda yosh avlodga O`qish darslari orqali yaxshi va ifodali o`qish malakalarini shakllantirishga e`tiborini qaratish lozim Bu o`z navbatida boshlang`ich sinf o`qish darslarida amalga oshiriladi.
Shuni e'tiborga olgan holda “Boshlang`ich sinf o`qish darslarida yaxshi o`qish malakalarini shakllantirish uslublari” mavzusini kurs ishimizga asos qilib oldik. Mavzuni bugungi kun talablari asosida yoritish hozirgi kunimizning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Dostları ilə paylaş: |