Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə6/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2 5472272876134470789

A. Rustamovning “Bayroq nima?”, A. Obidjonning “O`ktam avlod” (3-sinf), S. Barnoevning “Mangulikka tatigulik kun”, Ullibibining “E`zoz” (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.

Badiiy asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy hususiyatlaridan tashqari, mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan, tabiat tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag`riga sayohat uyushtirilib, bolalar kuzatuvchanlikka o`rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.

Umuman “O`qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o`quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug`atini boyitishga, og`zaki va yozma nutqini to`g`ri shakllantirish, nutq madaniyatini o`stirishga ham qaratiladi.

O`quvchilar darsliklar yordamida o`zlashtiriladigan bilim, ko`nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo`lishini tushunib yetishlariga erishish o`qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.

O`qish darslari oldiga qo`yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:


  1. O`quvchilarda yaxshi o`qish sifatlari: to`g`ri, tez, ongli, ifodali o`qish malakalarini shakllantirish.

  2. O`quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o`rgatish, kitobga muhabbat uyg`otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko`tarish.

  3. O`quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

  4. O`quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  5. O`quvchilarning bog`lanishli nutqini va adabiy estetik tafakkurini o`stirish.

  6. O`quvchilarning xayolot olamini boyitish.

  7. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo`lib, ular zamonaviy o`qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o`zaro bog`liq holda va sinfdan tashqari o`qish mashg`ulotlari jarayonida hal qilinadi.

Ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan foydalanish o`qituvchi va o`quvchi faoliyati doirasini aniq belgilab beradi.

Inson hayotida muhim ahamiyatga ega bo`lgan o`qish faoliyati barcha predmet darslarida amalga oshiriladi. Lekin o`qishga o`rgatish yo`l-yo`riqlarini o`qish metodikasi ishlab chiqadi. O`qish metodikasi kichik yoshdagi o`quvchilarning umumiy rivojlanishi, psixologiya, xususiy metodika sohasidagi yutuqlar asosida takomillashtirilib boriladi.

O`qish darslarining samaradorligi ko`p jihatdan ta’lim metodlarining to`g`ri tanlanishiga bog`liq.

Metod” atamasi yunon tilidan olingan bo`lib, muayyan maqsadga erishish, borliqni amaliy va nazariy o`zlashtirish usullari majmuidir. Binobarin, fanning o`zi kabi o`qitish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo`ladi. Masalan, eski maktablarda o`qish quruq yod olish metodi asosida o`rgatilgan bo`lsa, hozir izohli o`qish asosida olib boriladi. Yod olish metodida matndagi so`zlarga izoh berishga, ma’nosini tushuntirishga, o`qilganni qayta hikoyalashga umuman olganda, o`qishning ongli bo`lishiga mutlaqo e’tibor berilmagan. Ularda ko`proq to`g`ri talaffuz, qiroat bilan o`qish, ifodali o`qish nazarda tutilgan.

Hozir maktablarda o`qish izohli o`qish metodi asosida olib borilayotgan ekan, quyidagicha savol tug`iladi: Izohli o`qish nima?

Izohli o`qishga XX asrning 60-70-yillarida rus pedagogi K.D.Ushinskiy asos solgan, u o`qishda o`quvchilarni “ongli, tushunib, o`ylab o`qishga” o`rgatishni alohida ta`kidlaydi va uni “Izohli o`qish” deb nomlaydi.

Izohli o`qish metodiga K.D.Ushinskiy ishining davomchilari yangiliklar kiritdilar. Korf va Vaxterev izohli o`qish o`quvchilarga real bilim berish vositasi desa, Vodovozov va Bunakov o`quvchilarga o`qish jarayonida bilim badiiy asar tahlili va asarning tarbiyaviy xarakteri bilan bog`liq holda beriladi, degan fikrni ilgari suradilar.

Professor Asqar Zunnunov o`qitishning mazmuni va usullari haqida fikr yuritib, o`quvchilarning oldin bilimlarni o`zlashtirishiga, so`ng yod olishlariga e`tibor berilishi ta`lim jarayonida izohli o`qish deb nomlanganini ta’kidlaydi.

Demak, izohli o`qish deb o`ylashga, his qilishga, asarni to`liq idrok qilishga, o`qilganning mazmunini o`zlashtirishga olib keladigan o`qishga aytiladi. Izohli o`qish asar mazmunini tushunishni, asardagi muhim fikrni, yozuvchi ilgari surayotgan g`oyani anglashni ta’minlaydi.

Izohli o`qish quyidagi tamoyillarga to`liq amal qilingandagina muvaffaqiyatli bo`ladi.


  1. O`qishni hayot bilan bog`liq holda tashkil etish.

  2. O`qishning ongli va ta’sirchan bo`lishi uchun o`quvchilarning hayotiy tajribalariga, taassurotlariga asoslanish.

  3. O`qishni ko`rgazmali tashkil qilish, tabiatga, tarixiy joylarga ekskursiyalar uyushtirish, hayvonot olami va o`simliklar dunyosini kuzatish, rasmlar, jadvallar, predmetlar bilan tanishtirish hamda matnni o`quvchining ifodali o`qishi tarzida olib borish.

Boshlang`ich sinf o`qish darslarida asosan she’rlar, masallar, ertaklar, hikoyalar, afsonalar, maqol va topishmoqlar, ilmiy-ommabop asarlar o`qib o`rganiladi. Tabiiyki, ularning har biri o`ziga xos shakl, uslub va mazmunda yaratiladi. Shuning uchun ham har bir janrga mansub asarlarni o`ziga xos usulda o`qib o`rganish taqozo qilinadi.

Badiiy asarni izohli o`qishga yaqin bo`lgan metodlardan biri ijodiy o`qishdir. Atoqli metodist olim N.I.Kudryashov ijodiy o`qish metodi tarkibiga quyidagi ish usullarini kiritadi:



  1. o`qituvchilarning badiiy matnni sharhlab o`qishi hamda o`quvchilarning asarni to`g`ri va imkon qadar yanada chuqurroq, emotsional idrok etishlarini ta’minlash maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi;

  2. o`qilgan asardan o`quvchilarning bevosita olgan taassurotlarini

chuqurlashtirish maqsadiga ega bo`lgan va ularning diqqatini matnning muhim g`oyaviy va badiiy hususiyatlari sari yo`naltiradigan suhbat uyushtirish yoki o`qilgan asardan kelib chiqadigan badiiy, axloqiy, ijtimoiy-siyosiy muammoning qo`yilishi;

v) o`qituvchining asar o`qilganidan keyin o`quvchilarning asarni tadqiq etish jarayonida to`yingan badiiy kechinmalarini faollashtirish maqsadini ko`zda tutuvchi so`zi.

Ohang va intonatsiya she’riy asarlarni ifodali o`qishda qay darajada muhim bo`lsa, nasriy asarlarni o`qishda ham muhim talablardan biridir.

Nasriy asarlarni ifodali o`qishdan oldin unda qanday g`oya ilgari surilayotganini aniqlash zarur. Masalan, 4-sinfda X.To`xtaboyevning “Xatosini tushungan bola” hikoyasini ifodali o`qishdan oldin o`quvchilarga xatosini tushungan bola kim ekanligi, uning xatosi nimalardan iborat bo`lganligi, maqtanchoqlikning illat ekanligi to`g`risida tushuncha beriladi.

Ifodali o`qish oldiga qo`yilgan bu talab M. Abdurashidxonovning “Har kim ekkanin o`rar”, SH. Sa’dullaning “Laqma it”, A. Oripovning “Dehqonbobo va o`n uch bolakay qissasi” kabi she’riy hikoyalarini o`qishga ham xosdir.


Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin