Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə7/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
2 5472272876134470789

Badiiy o`qish. Badiiy o`qish ifodali o`qishning yuksak bosqichi hisoblanadi. Unda so`z san`atining barcha komponentlari ishtirok etadi. U o`quvchidan asar ruhiga batamom kirishni, san’atkorona o`qishni talab etadi. Badiiy o`qishda asar qahramonlarining ruhiy holati, kechinmalari to`la anglab yetilgandagina ta`sirchanlikka erishish mumkin. Badiiy o`qishga tayyorgarlik ko`rishda aktyorlarning audio-video tasmalarga yozilgan ijrolaridan foydalanish yaxshi samara beradi.

Izlanish metodi. Bu metod asardagi voqea va tafsilotlar asosida o`quvchilarga savol-topshiriqlar tuzishda, qahramonlarga baho berishda keng qo`llaniladigan usuldir.

O`qish darslarida reproduktiv metoddan ham foydalaniladi. Masalan, o`qituvchi dastlabki darslarda o`zi asar matnini qismlarga bo`ladi, yozuvchi yoki shoirning aytmoqchi bo`lgan muhim fikriga o`quvchilar diqqatini jalb qiladi, uni aniqlab ko`rsatadi, o`quvchilar bilan birga tasvir vositalariga yuklatilgan ma`noni ochib, o`quvchilarga ko`maklashadi. Bularning bari o`quvchilar uchun bir ko`rsatma vazifasini o`taydi. Shundan so`ng o`quvchilar o`qituvchining ko`rsatmalari yordamida yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni o`zlari mustaqil ravishda bajaradilar.

Yuqorida ta`kidlangan metodlardan tashqari, boshlang`ich sinf o`qish darslarida ilg`or pedagogik texnologiya usullaridan “Aqliy hujum”,

Tarmoqlar”, “Guruhlar bilan ishlash” kabilardan ham foydalanish yaxshi samara beradi.

Shuni ta’kidlab o`tish kerakki, har bir darsda qanday metoddan foydalanish, darsda qanday usullarni qo`llash o`qituvchi tomonidan oldindan belgilab olinishi va puxta ishlab chiqilishi kerak.


Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin