Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti


I.2. O‘qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo`llari



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə8/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
2 5472272876134470789

I.2. O‘qish malakalarining sifatlari va ularni takomillashtirish yo`llari

Dastur talablarini to`liq bajarish va amalga oshirish uchun, birinchi navbatda o`qish ko`nikmalarini to`g`ri va puxta egallash va takomillashtirib borish zarur.

O`qish ko`nikmalari savod o`rgatish jarayonida shakllanadi, o`qitishning keyingi bosqichlarida takomillashadi.

O`qish malakalarining sifatlariga badiiy asar matnini to`g`ri, tez, ongli va ifodali o`qish kiradi. O`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalari shakllantiriladi va takomillashtiriladi. O`qish malakasining sifatlari o`zaro bog`liq bo`lib, ularning asosiysi ongli o`qish hisoblanadi: o`quvchi matnni tez va to`g`ri o`qisa-yu, anglab o`qimasa yoki uning tez o`qishi natijasida boshqalar matn mazmunini tushunmasa, to`g`ri o`qisa-yu, o`ta sekin o`qisa, nutq birliklari orasida pauzalarga e’tibor bermasa, matnda ifoda etilayotgan fikr tushunilmaydi. Muayyan tezlikda va to`g`ri o`qish ongli o`qishga xizmat qiladi; to`g`ri, tez va ongli o`qish esa ifodali o`qishning asosi hisoblanadi.

O`qish malakalarini egallash maktabda o`qitiladigan barcha predmetlarni muvaffaqiyatli o`zlashtirishning muhim sharti hisoblanadi. O`qish faoliyatning asosiy turi bo`lib, o`quvchilarni g`oyaviy-siyosiy, aqliy, estetik va nutqiy tomondan rivojlantirish uchun juda katta imkoniyat yaratadi. Bu jarayon esa o`qish malakalarini o`stirish va takomillashtirish ustida sistematik va maqsadga muvofiq ishlashni talab qiladi.

O`qish malakasini egallash ancha murakkab bo`lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T. G. Egorov o`zining “Ocherki psixologi obucheniya detey chteniyu” nomli asarida o`qish malakalarini shakllantirish jarayonini uch bosqichga ajratadi: analitik bosqich, sintetik bosqich va avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich savod o`rgatish davriga to`g`ri keladi, bunda so`zni bo`g`in-harf tomonidan tahlil qilish va bo`g`inlab o`qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so`zni sidirg`a o`qish xarakterlidir; bunda so`zni ko`rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so`z ma`nosini anglash bilan asosan mos keladi. O`qish so`z ma`nosini idrok qilish bilan amalga oshadi. O`quvchilar sintetik bosqichga 3-sinfda o`tadilar. Bundan keyingi yillarda o`qish avtomatlasha boradi.

O`qish darslarida asar ustida ishlashni shunday tashkil etish kerakki, asar mazmunini tahlil qilish o`qish malakalarini takomillashtirishga yo`naltirilgan bo`lsin.



To`g`ri o`qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o`qish tushuniladi, ya’ni to`g`ri o`qish so`zning tovush-harf tarkibini, grammatik formalarni buzmasdan, so`zdagi tovush yoki bo`g`inni tushirib qoldirmay, oshiqchasini qo`shmay, harflar o`rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so`zga urg`uni to`g`ri qo`yib o`qish hisoblanadi. M. Odilova va T. Ashrapovalar “Adabiy talaffuz normalariga qo`yilgan barcha talablar to`g`ri o`qish ko`nikmasiga ham taalluqlidir”, - deb ta’kidlaydilar. Rus metodisti Yakovleva to`g`ri o`qishga quyidagicha ta’rif bergan: “To`g`ri o`qish - bu materialni tovush tomondan xatosiz va bir tekisda ravon nusxa ko`chirishdir”. Demak, to`g`ri o`qish so`zning tovush tarkibini, grammatik shaklini buzmasdan adabiy-orfoepik me’yorlar asosida o`qishdir.

Boshlang`ich sinf o`quvchilarida idrok etish, talaffuz qilish va matn mazmunini tushunish o`rtasida puxta sintez yo`q bo`lgani uchun ular o`qishda xatoga yo`l qo`yadilar. Bu esa matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi.

To`g`ri o`qish so`zning uzun-qisqaligiga, o`quvchining so`z boyligiga, ya’ni so`zning leksik ma’nosini qanchalik bilishiga hamda so`zning bo`g`in va morfemik tarkibiga bog`liq. O`quvchilar ko`pincha quyidagi sabablarga ko`ra xatoga yo`l qo`yadilar:

1.So`zni talaffuz qilish bilan uning ma’nosini tushunish o`rtasida puxta sintez bo`lmagani uchun, ya'ni bola so`zning oldin tovush tomonini ko`radi, uni talaffuz qilishga oshiqadi. So`zning ma`nosini esa e’tibordan chetda qoldiradi.

2. So`zning bo`g`in tuzilishi murakkabligi tufayli. So`z ko`p bo`g`inli bo`lsa, bola uni oldin eshitmagan bo`lsa xatoga yo`l qo`yadi.

3 So`zning ma`nosini bilmaslik tufayli xatoga yo`l qo`yadi.



  1. Tez o`qiyman deb xatoga yo`l qo`yadi.

  2. To`g`ri o`qish yorug`likka va yorug`likning tushishiga ham bog`liq.

  3. Undosh tovush so`zning o`rtasida va oxirida kelgan yopiq bo`g`inli so`zlarni o`qishda qiynaladilar.

Xato o`qishning oldini olish uchun quyidagilar e’tiborga olinadi:

1.Matnni o`qitishdan oldin undagi o`qilishi qiyin so`z, birikma va gaplarni aniqlash va ular ustida ishlash usullarini belgilab olish. Tuzilishi murakkab so`zlarni bo`g`inlab o`qilishini mashq qildirish.

2.Matnni o`qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so`zlarning lug`aviy ma’nosini tushuntirish. So`z ma’nosini izohlash usullarini aniqlash.


  1. Vazifalarni aniq va tushunarli qilib berish.

  2. Matnni diqqat-e’tibor bilan o`qishlari uchun sharoit yaratish.

  3. Oldin ichda o`qitish, so`ng ovoz chiqarib o`qitish.

6.O`qitishda o`quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish,ya`ni matnni oson, o`rtacha qiyinlikda va qiyin o`qiladigan o`rinlarini belgilab olib unga kuchi etadigan o`quvchilarga oldindan taqsimlab olish.

7.O`quvchilarning o`qishini muntazam tekshirib turish.

8. Xatoning xarakteriga qarab, uni metodik tomondan to`g`ri tuzatish yo`lini aniqlash.

9.O`quvchilarni xato qilish mumkin bo`lgan o`rindan ogohlantirib turish.

10.Xat cho`pdan foydalanish.

11. Xato o`qish o`quvchining shaxsiy ko`ruv sezgisiga ham bog`liq bo`ladi.

O`qituvchi tuzilishi murakkab so`zlarni oldindan doskaga yoki kartonga bo`g`inlarga bo`lib yozib qo`yib, o`quvchilarga xor bo`lib o`qitilishi yaxshi natija beradi.

O`quvchilar yo`l qo`ygan xato ikki xil yo`l bilan tuzatiladi: 1) O`quvchi so`z oxiridagi qo`shimchani noto`g`ri o`qisa, o`quvchini o`qishdan to`xtatmasdan xatoni to`g`rilash mumkin; 2) xato o`qish bilan gaplarning mazmuni buzilsa, qayta o`qitish usulidan foydalaniladi. Bunda o`quvchiga o`qigan matni yuzasidan savol berilsa, o`quvchi e`tiborli bo`lib qayta o`qiydi.




Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin