Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə5/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
2 5472272876134470789

Kurs ishining tuzilishi: Ushbu kurs ishimiz: ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I bob Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida yaxshi o‘qish malakalarini shakllantirishning ilmiy-metodik asoslari

    1. O‘qish darslarida qo‘llaniladigan metod va usullar

Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslari o‘z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko‘ra ta’lim tizimida alohida o‘rin tutadi. Negaki, uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o‘qish ta’limisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushunib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlashadi.

O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning Davlat ta`lim standartlari (DTS) (3-4sinflar uchun) va Milliy dastur (1-2sinflar uchun) talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv-biluv ko‘nikma malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo‘l ochiladi. Aynan o‘qish ta’limida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi.

Shu maqsadda “O‘qish kitobi”va “Ona tili va o‘qish savodxonligi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do‘stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo`yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.

Boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha DTS, MD va “Ona tili” o’quv dasturida o‘qish ta’limi oldiga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o‘qishni to‘g‘ri tashkil qilish, o‘qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘rinli foydalanishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Ma’lumki, sinfda o‘qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O‘quvchilarni matn bilan tanishtirish o‘qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.

Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida ma’lumot berish, o‘quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko‘p ma’noli so‘zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Agar asar yil fasllari haqida bo‘lsa, tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish ham sinfda o‘qish muvaffaqiyatini ta’minlashga xizmat qiladi.

Matn bilan dastlabki tanishuvdan so‘ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o‘quvchilarning faolligini oshiradi:


  1. Hikoyadagi qaysi epizodni qiziqarli deb o‘ylaysiz?

  2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining hatti-harakatini ma’qullaysiz?

Qaysi birining fe’l-atvori, o‘zini tutishi sizga yoqmadi?

  1. Hayotda shunday kishilarni uchratganmisiz?

Sinfda o‘qishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan omillardan yana biri tanlab o‘qishdir. Masalan: 3-sinfda X. To‘xtaboyevning “Hassa” hikoyasi bilan tanishish jarayonida Qobil boboning savollariga Shavkatning javoblari yoki S. Anorboyevning «Bahs» hikoyasidagi bolalarning bahslashishi epizodi yuzasidan o‘qituvchi topshirig‘iga ko‘ra mazkur o‘rinlarni tanlab qayta o‘qilishi natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qimmatini chuqurroq o‘zlashtirishga erishiladi. “O‘qish” va “Ona tili va o‘qish savodxonligi” kitobi darsliklaridan turli mavzudagi asarlar o‘rin olgan. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, mehnatsevarlik kabilar o‘qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo‘lib, 3-sinfda “Ona bitta, Vatan yagona” bo‘limidagi “Vatanni suymak” (A. Avloniy), “Vatan mo``tabardir” (X. Davron), “Bilib qo`yki, seni Vatan kutadi” (Tohir Malik), 4sinfda “O`zbekiston - Vatanim manim” bo`limidagi “Serquyosh o`lka” (Zafar Diyor) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.

Boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo`lib, ona tabiat, yil fasllari, xalq og`zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma`naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.

Uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlaridan farqli o`laroq, boshlang`ich sinflarning o`qish darslarida o`quvchilarning o`qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash ta’limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi matnlar ustida ishlash orqali ma’naviy-axloqiy, adabiy - estetik tarbiya bilan chambarchas bog`lab olib boriladi.

Shunga ko`ra o`qish darslarining yetakchi hususiyati o`quvchilarning savodxonligini ta`minlash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.

O`qish ta`limi bo`yicha o`quvchilarni faqat matn bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo`lmaydi. Negaki matn tag zaminidagi tarbiyaviy g`oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr-joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o`quvchi diqqatini o`ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o`zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi.

Asar tahlili jarayonida o`qituvchi savollariga o`quvchilarning o`z so`zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea-hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to`g`ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo`lmasdan, qat’iy maqsad asosida izchil berilishi o`quvchilarning o`qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.

Ta’kidlash joizki, o`quvchilarning o`zlarini ham savol tuzishga o`rgatish lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to`g`ri qo`yilgan masalaning o`zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o`quvchining dars mavzusi bilan bog`liq jihatlarga e`tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o`rtasidagi sababiy bog`lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo`l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o`quvchini ongli va tushunib o`qishga yo`llaydi. Uning o`ziga xos xususiyatini o`quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to`g`ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.

O`qish darslari uchun tanlangan mavzular o`quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo`yicha ham bilim va tarbiya berishni ko`zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko`zlangan maqsad o`zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog`liq tuyg`ularini uyg`otishdir.

Tabiatga oid mavzular yordamida o`quvchilar tabiatdagi o`zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o`quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to`g`ri munosabatda bo`lishga o`rgatadi.

“O`qish kitobi” darsliklaridagi materiallar sinfdan-sinfga o`tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan.

1-sinfda o`rgatiladigan “Ajdodlarimiz-faxrimiz”, “Ilm-aql chirog`i", “Zumrad bahor”, “Kumush qish” kabi mavzular 2-4 sinflarda ham davom ettiriladi. Natijada o`quvchilarning oldingi bilimlari to`ldiriladi va boyitiladi.

Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rangbarangligiga, poetik mukammalligiga, o`quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.

Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o`tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug` siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to`g`risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi matnlar shular jumlasidandir. Bu xildagi asarlar o`quvchilarni faqat o`tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas’uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga muhabbat tuyg`usi shu tariqa shakllanadi.

Vatanimiz o`tmishi haqida hikoya qilingan asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o`quvchilar o`tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo`ladilar. Jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo`lsa hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa milliy istiqlol bilan bog`liq tushunchalar jamlangan




Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin