Kurs ishi mavzusining o‘rganilganlik darajasi. Zamonaviy ta’lim yondashuvlarining maqsadi – ta’lim jarayonining zaruriy samaradorligini ta’minlash va oʻquvchilar tomonidan oʻqishning koʻzlangan natijalariga erishishni kafolatlashdan iborat boʻlib,uning bosh vazifasi pedagogga oʻqitishning yetarli samarasiga erishishni ta’minlovchi oʻquv jarayonini yaratishdir. Zero, bunda:
Oʻqituvchi nazoratga emas, balki taraqqiyotga koʻmaklashadi, oʻquv jarayonini jonlantiradi. Darslik –bilim olish manbalaridan birginasi hisoblanadi.
Maktabda oʻqituvchilar fanlarni emas, balki bolalarning oʻqituvchilari boʻladilar. Oʻquvchilarga, ularning ichki imkoniyatlariga nisbatan ijobiy qarash talab etiladi.
Zamonaviy ta’lim –bu ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishda inson va texnik imkoniyatlar hisobga olingan, oldindan loyihalashtirilgan, aniq maqsad, kafolatlangan natijaga yoʻnaltirilgan yaxlit pedagogik jarayondir. Bu taʼlim asosan oʻquvchilarning har jabhada yosh boʻlishiga qaramay olgan bilimlarini tadbiq etishga qaratilgan. Zamonaviy taʼlim qoʻllash oʻquvchilar nutqini oʻstirishning yana bir isboti desak mubolagʻa boʻlmaydi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitish metodikasi darsligida- boshlang'ich sinf ona tili o‘qitish metodikasi kursining maqsad va vazifalari, bo‘limlari: savod o‘rgatish metodikasi, sinfda va sinfdan tashqari o‘qitish metodikasi imlo o‘qitish metodikasi, o‘quvchi nutqini o‘stirish metodikasi, ta‘lim oldiga qo‘yilgan zamonaviy talablar asosida bayon qilingan. Shu bilan birga, ilmiy-nazariy ma‘lumotlarni amaliyotga tadbiq etish usullari yoritib berilgan. Onatili o‘qitish metodikasi –(boshlang‘ich sinflarda) fani bo‘yicha tadqiqot va izlanishlar olib borganlar:
pedagogika fanlar nomzodi – Ra‘no Inog‘omova
pedagogika fanlar nomzodi-Muhabbat Abduraimova
darsligimiz muallifi-Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G‘ulomova, Sharofat Yo‘ldosheva, Sharofjon Sariyev. A. Zunnunov adabiyot o‘qitish metodikasini o‘rgangan va bizga o‘z “Adabiyot o‘qitish metodikasi” asarini taqdim etgan.
Dostları ilə paylaş: |