Ta`lim vazirligi buxoro davlat universiteti



Yüklə 78,18 Kb.
səhifə14/18
tarix13.05.2022
ölçüsü78,18 Kb.
#57848
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
2 5472272876134470789

O`qituvchi hikoyasi. Bu metod asar muallifi haqida ma’lumot berishda eng samarali hisoblanadi. Asar muallifi shoir va yozuvchilar haqida so`zlab berilayotganda ularning portretlari, bolalar uchun yozgan asarlari namoyish etilsa, o`quvchilarning muallif ijodiga qiziqishlari ortadi. O`qituvchi yozuvchi va shoirlar haqidagi ma’lumotlarni o`quvchilar saviyasiga mos qilib, hayajonli qilib hikoyalasa, o`quvchilarning badiiy asarni o`qishga ichki istagi kuchayadi, ularda kitob o`qishga muhabbat ortadi. Yozuvchi haqidagi ma’lumot 1- sinfdan 4- sinfga borgunga qadar ko`paytirilib, chuqurlashtrilib boriladi. Asarni o`qishga tayyorgarlik bevosita o`quvchilarning mustaqil izlanishlari asosida ham tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4- sinf) asarini o`qishga tayyorgarlikda o`quvchilarning o`tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o`quvchilar xayolan sayohatga olib chiqiladi. O`qituvchi o`quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. Muzeyda o`quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlarni o`qiydilar (muzey uchun sinfning biror tomoni ajratiladi.)

Abu Ali ibn Sino – ma’rifatpar alloma.

Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim

Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug`ullanmas edim. (Ibn Sino)

Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u yerda tibga oid kitoblarni mutolaa qilishga ruxsat so`radim. Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino)

Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga doir 400 dan ziyod asar yozgan.

O`quvchilarni mustaqil izlanishga o`rgatishning Yana bir usuli o`quvchilarga oldindan yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etilib, ulardan ma’lumotlar to`platiladi, albomlar tayyorlatiladi, so`ng o`quvchilar o`zlari aniqlagan ma’lumotlarni o`qib oyi so`zlab beradilar.

Sinfdan sinfga ko`chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o`quvchilar bilimi ortib boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo`yilgan talablar ham ko`payadi. O`qituvchi qisqa ma`lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to`liqroq tanishtirishga o`tadi. Bunda u kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o`qiganligini hisobga oladi.




Yüklə 78,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin