Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə14/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarni kasb psixologiyasi
fanining tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan genetik metodlar bilan tanishtirish,
Longityud metodini ta’riflash, kasb psixologiyasining metodlarini ajratishni



14
14


o’rgatish, kavzometriya va psixobiografiya haqida tushuncha berish. Kasbiy
analitik metodni ko’rib chiqish
Identiv o’quv maqsadlari.
1.Kasb psixologiyasi fanining tadqiqot metodlaridan biri bo’lgan genetik
metodlar bilan tanishtiradi.
2. Longityud metodini ta’riflaydi.
3. Kasb psixologiyasining metodlarini ajratishni o’rgatadi.
4. Kavzometriya va psixobiografiya haqida tushuncha beradi.
5. Kasbiy analitik metodni ko’rib chiqadi.
Genetik metodlar.
2-savolning bayoni
Genetik metodlar uzoq vakt davomida shaxs kasbiy rivojlanishining
o’zgarishlarini tadqiq etish uchun mo’ljallangan. Kasb psixologiyasida longityud
metodi, psixobiografiya, biografik metod, tahlil qilish metodi insonlardagi
turli xususiyat va sifatlarni o’rganish maqsadida yillar davomida o’tkaziladi.
Longityud metodi psixologiyada XX asrning 20-yillarida shakllana boshladi va
asosan psixik jarayonlarning kattalar va bolalarning psixik pragnozini ilmiy
jihatdan asoslab berish uchun qo’llanilgan.
Longityud metodi - kasbiy shakllanishda individual yo’lni o’rganishga
yordam beradi. Mazkur metod yordamida shaxsning obro’ orttirishi uning
faoliyatidagi turli xildagi tanqidiy holatlarini aniqlaydi.
Keyingi yillarda (20-30 yil davomida o’tkazilgan) davomli longityud tadqiqotlari
jarayonida deyarli qo’llanilmagan.
Longityud metodi bir vaqtning o’zida boshqa metodlarni qo’llanilishini ham
nazarda tutadi. Jumladan, kuzatish, savol-javoblar, test, psixografiya
kabi. Longityud metodi yordamida olingan natijalar shaxsning yoshiga, ish
stajiga, tadqiqot o’tkazilgandagi ijtimoiy iktisodiy sharoitlariga hamda kasbiy
faoliyat turiga bog’lik bo’ladi. Longityud metodini kasb psixologiyasida
qo’llash orqali shaxs kasbiy shakllanishining individual o’zgarishlarini
o’rganish imkonini beradi shuningdek, kasbiy faoliyatda rivojlanish|, obru-
e’tibor qozonishning yo’l-yo’riq. va vositalarini aniklashtiradi.
Longityudni qo’llashdagi qiyinchiliklardan biri sinovda ishtirok
etayotganlarni tanlash hamda ularning sonining ko’pligi va kamligida
aniqlashdir. Keyingi muammo o’lchovlar o’rtasidagi oralik masofalar
farqlanadi. Bu metod orqali insonlarda tadqiqotlar gohida bir yil ayrim ishlarda
esa undan ham uzoq vaqtlar oralig’ida o’tkazilgan.
Longityud metodidagi muammolardan biri uning davriyligini kuzatish
bo’lib bunda u 5-yildan 50 yilgacha davom etishi mumkin.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin