Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə10/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Din psixologiyasi - psixologik va ijtimoiy psixologik omillarning diniy
ong bilan shartlanganligini, dinning insonga ta’sirini o’rganuvchi psixologiya
sohasi. Din psixologiyasi XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida vujudga
kelgan bo’lib, insonni ibodat qilishdagi, diniy an’analarni, rasm-rusumlarni
bajarishdagi hissiyot holatlarini o’rganishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.
Oila psixologiyasi - oilaning psixologiyasini o’rganuvchi psixologiya
sohasi sanaladi. Oila psixologiyasi oilaning psixologik muammolarini
o’rganadi, u oilaga ta’sir qiluvchi omillarni, oiladagi rollar taqsimlanishi, er-
xotin munosabati, shaxslararo munosabat, yosh xususiyatlariga asoslanib
muloqotga kirishish kabilarni o’rganadi.
3-savol uchun nazorat topshiriqlari:
1. Psixik jarayonlar va hissiy jarayonlarni ajrating ?



10
10


2. psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy eksperimental-psixologik
tadqiqotlar qachon va kim tomonidan o’tkazilgan ?
3. Umumiy psixologiyaning tarmoqlarini ta’riflang ?
4. Kasb psixologiyasining boshqa fanlar bilan bog’liqligini tushuntirib bering
5. Kasb psixologiyasining amaliy asoslarini asoslab bering ?
6. Umumiy psixologiyaning tarmoqlarida kasb psixologiyasining tutgan
o’rnini aniqlang ?
To’rtinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kasb
psixologiyasining mutaxassislik fani sifatida ekanligini tushuntirish. Kasb
psixologiyasining amaliy asoslarini belgilash, o’quv fanlari tizimida kasb
psixologiyasining o’rnini aniqlash. Kasb psixologiyasining muxim aspektlarini
ya’ni kasbiy faoliyatning tahlilini, kasbiy maksadlarni, vaziyatlarni ko’rib
chiqish.Kasb psixologiyasida kasbiy talablarni aniqlash.
Identiv o’quv maqsadlari.
1. Kasb psixologiyasining mutaxassislik fani sifatida ekanligini tushuntiradi.
2. Kasb psixologiyasining amaliy asoslarini belgilaydi.
3. Kasb psixologiyasining o’quv fanlari tizimida o’rnini aniqlaydi.
4. Kasb psixologiyasining muxim aspektlarini ya’ni kasbiy faoliyatning
tahlilini, kasbiy maksadlarni, vaziyatlarni ko’rib chiqadi.
5. Kasb psixologiyasida kasbiy talablarni aniqlaydi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin