Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə9/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Sport psixologiyasi sport musobaqalari va mashqlanish faoliyatida
inson psixikasining rivojlanishi, guruhiy munosabatlarning psixologik
qonuniyatlarini tadqiq qiluvchi psixologiya sohasi. Sport psixologiyasining
asosiy vazifasi sportchilarning psixik va jismoniy kamolotga ta’sir o’tkazuvchi
muhim shart-sharoitlarni yaratib berishdir.
Savdo psixologiyasi. Savdo psixologiyasi savdo-tijorat reklamalari,
modalar psixologiyasi va shu kabi masalalarni tadqiq qiladi. Ayniqsa,
sotuvchi-xaridor munosabati, kishilarga ta’sir o’tkazish, ularda iliq his-tuyg’u,
ishonch uyg’otish mexanizmlari, mantiqan ularni muomala jarayonida
ishontirish, qiziqtirish, ijtimoiy ahamiyatini tushuntira bilish, nizoli
holatlarning oldini olish, xizmatda muloqot madaniyati va uning treninglaridan
unumli foydalanish, xaridorlarning psixologik xususiyatlarini anglagan holda
munosabatda bo’lish qonuniyatlarini tadqiq etadi.
Yosh psixologiyasi - shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini inson
tug’ilishidan to umrining oxirigacha bo’lgan davrni, ya’ni ontogenezni
o’rganadigan psixologiya sohasi. Yosh psixologiyasi bolalar psixologiyasi
sifatida XIX asrning oxirida vujudga kelgan Yosh psixologiyasi hozirgi
zamonda bolalar psixologiyasi, o’smirlik va o’spirinlik psixologiyasi, etuklik
psixologiyasi, gerontopsixologiyadan iboratdir. Yosh psixologiyasining asosiy
vazifalaridan biri bolani psixik rivojlanishining ijobiy shaklda tashkil etilishi,
yosh davrlari inqirozi bosqichlari, jarayonlari va paytlarida psixologik yordam
ko’rsatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ijtimoiy (sotsial) psixologiya bu soha odamlarning ijtimoiy guruhlarga
birlashishini va shu guruhlarning tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-
atvorini, ijtimoiy-psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy
ustanovka kabilarni tadqiqot qiluvchi psixologiya sohasi. Sotsial psixologiya
bir necha sohalarni o’z ichiga qamrab oladi: din psixologiyasi, oila
psixologiyasi, muomala psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, katta guruh
psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish
psixologiyasi, etnopsixologiya va boshqalar.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin