8
8
Umumiy psixologiya - umumiy psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar,
murakkab ichki bog’lanishlar, nazariy va metodologik printsiplar, ilmiy
tadqiqot metodlar, psixikaning filogenetik va ontogenetik o’zgarishlarini,
ilmiy tushunchalar va kategoriyalar, bilish jarayonlarini amaliy va nazariy
jihatdan tadqiqot qiladigan soha. Umumiy psixologiya fani asosiy
kategoriyalar, tushunchalar, psixik jarayonlar, holatlar, hodisalar, individual-
tipologik xususiyatlarni o’z ichiga oladi.
1. Psixik jarayonlar: sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol va
boshqalar.
2. Irodaviy jarayonlar: motiv, motivatsiya, ehtiyojlar, intilishlar, qaror
qabul qilish kabilar.
3. Hissiy jarayonlar: his-tuyg’ular, emotsiya, kayfiyat, emotsional ton,
stress, affekt singarilar.
Eksperimental psixologiya - bu soha eksperimental metodlar
yordamida psixik hodisalarni tadqiq qiladi. Psixologiyaning fan sifatida
falsafadan ajralib chiqishida eksperimental tadqiqotlar o’tkazish asosiy rol
o’ynagan. XIX asrning o’rtalarida psixologik hodisalar ustidan ilk bor amaliy
eksperimental-psixologik tadqiqotlar o’tkazilgan. Bu fiziologik
laboratoriyalarda elementar funktsiyalarni o’rganish orqali, ya’ni ilk bor sezgi
va idrokni o’rganish bilan boshlangan. Eksperimental psixologiya fan sifatida
ajralib chiqishiga V.Vundt o’zining katta hissasini qo’shgan. Tadqiqotlarning
ko’pchiligi T.L.Morgan, E.L.Torndayklar tomonidan olib borilgan..
Dostları ilə paylaş: