Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə53/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Vaqtni idrok qilish.
Biz idrok qilib turgan narsa va hodisalar ma’lum bir (zamon) davomida
paydo bo’ladi, taraqqiy qiladi va o’zgarib boradi. Obektiv dunyo hodisalarini
aks ettiradigan idrok, tassavur, fikr va hokazolardan iborat bo’lgan bizdagi
subektiv, psixik hodisalar vaqt davomida paydo bo’ladi, o’zgarib va almashib
turadi.
Biz vaqtni hozirgi zamon (hozirgi payt) va undan kelgusiga borayotgan real
narsadek idrok qilamiz, uni tasavvur qilamiz va fikrlaymiz. Shuning uchun
ham o’tmish, hozirgi zamon va kelgusi ma’nosida olingan tushunchalar
mavjuddir. Vaqtni idrok qilish haqida gapirar ekanmiz, biz hozirgi paytni
nazarda tutamiz. O’tmish vaqt xotira faoliyati esga tushirish faoliyati bilan



52
52


bog’liq bo’ladi. Kelgusi vaqtni esa biz faqat xayolga keltirishimiz yoki bu
haqda o’ylashimiz mumkin, xolos. Obektiv (matematik) nuqtayi nazardan,
hozirgi payt bu o’tmishni kelgusidan ajratadigan bir nuqta (chegara)dir. Ammo
psixologik, subektiv nuqtayi nazardan, biz borayotgan vaqtning «bo’laklarini»
hozirgi payt (endimik) deb idrok qilamiz. Dars, ma’ruza yoki bironta musiqiy
asarni eshitib o’tirish davomidagi vaqt ham mana shunday idrok qilinadi.
Demak, vaqtning to’xtovsiz borishi, davomi hozirgi payt deb tuyuladi.
Vaqtni tez yoki sekin o’tayotgandek sezishimiz shu paytda siz kechirayotgan
psixik jarayonlarga bog’liq bo’ladi. Ichki organlarning sezgirligi yo’qolgan
(anesteziya paydo bo’lgan) bemorlarda vaqt o’tishini bevosita his qilish
qobiliyati yo’qolishi yoki zaiflanishi ma’lumdir. I.P. Pavlovning fikricha
tanamizda bo’lib turadigan hodisalarning takrorlanib turishi vaqtni idrok
qilishda katta rol o’ynaydi. «Bir kun davomida, — deb yozadi Pavlov, - bosh
miya ta’sirlanadi, charchaydi, so’ngra yana kuchini tiklaydi. Ovqat hazm
qiladigan yo’llar vaqt-bevaqt ovqat bilan to’latiladi, ovqatdan bo’shab qoladi
va hokazo. Odamning psixik hayoti bedorlik vaqtida eng boy mazmunga ega
bo’ladi, shu sababli vaqtning tez yoki sekin o’tayotgani his qilinadi va bilinadi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin