53
53
Uchinchi savolning bayoni
Idrokning konstantligi.
Idrokning konstantligi shundan iboratki, bironta narsani idrok qilishdan
hosil bo’lgan obraz, idrokning fizik sharoiti o’zgarib
tursa ham, doimo shu
obraz holicha qolaveradi. Idrokning konstantligi ko’rish idroklarida,
narsalarning katta-kichikligini ularning shakli va ranglarini idrok qilishda,
ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bizga ma’lumki, biror narsadan uzoqlashsak, uning
ko’zimiz to’r pardasidagi surati (aksi)
kichrayadi, ammo shu narsaning obrazi
bu bilan o’zgarmaydi, o’zgarganda ham bilinar-bilinmas o’zgaradi. To’g’ri
burchakli stol bizdan 1
m yoki 10
m uzoqrog’da tursa ham biz unga to’g’ridan
yoki yondan qarasak ham, uning kattaligi va shaklining aksi ko’z to’r
pardasida har safar o’zgarib turishiga qaramay, baribir hamisha o’z
shakli va
katta-kichikligini o’zgartirmagandek, boyagicha idrok qilinaveradi.
Konstantlik hodisasi shuni ko’rsatadiki, biz narsalarni ko’rib turgan
paytimizda, ularning ko’z to’r pardasiga tushgan suratiga aynan muvofiq holda
ko’rmay, balki shu narsalar haqiqatda qanday mayjud bo’lsa, shu holda
ko’ramiz. Idrokning konstantligi
odamning tajribasi jarayonida, amaliy
faoliyatida vujudga kelib, mustahkamlanadi.
Dostları ilə paylaş: