75
75
beruvchi ish-harakatlarni tasavvur qilish va o’ylashda voqe bo’ladi. Masalan,
ishlab chiqarishni rattsionallashtirish, mashinani takomillashtirish kerak
bo’lganida, biz falon xil parrakni soniyasiga o’n marta aylanadigan qilishimiz
lozim. Buning uchun shu parrakni transmissiya orqali
yoki tishli parrak orqali
diametri kattaroq bo’lgan boshqa parraklarga tutashtiramiz va shu tariqa o’sha
parrakni o’zimiz xohlaganimizdek, soniyasiga o’n marta aylanadigan qilamiz.
Tevarak-atrofdagi voqelikni biz asosan mehnat qurollari yordami bilan,
asboblar yordami bilan o’zgartiramiz. Shu sababli amaliy tafakkur,
boshqacha
qilib aytganda,
texnik tafakkur deb ham ataladi.
Voqelikni o’zimiz xohlaganimizdek o’zgartirishimiz natijasida yangi bir
hodisa paydo bo’lganligi, voqelik qayta ko’rilganligi, biror real
mahsulot
vujudga keltirilganligi, masalan, stol, mashina, uy va shu kabilar vujudga
keltirilganligi sababli, amaliy tafakkur
konstruktiv tafakkur ham deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: