73
73
ham bu vazifani hal qila olmagan. Shundan keyin juda charchab o’rniga
yotganu, shu onda uxlab qolgan. «Men tushimda, —
deydi Mendeleev, — shu
elementlar batartib joylashtirib qo’yilgan jadvalni ko’rdim». Mendeleev darhol
o’rnidan turib, shu jadvalni bir parcha qog’ozga yozib qo’ygan.
Masalaning bunday beixtiyor ravishda, kutilmagan holda hal etilishi ilgari
zo’r
berib qilingan, lekin bitmay qolgan tafakkur jarayonining tugallanishi
bo’lsa kerak. O’zlari masalani mana shunday beixtiyor hal etgan va shu
jarayonni kuzatgan kishilar bu jarayonni
mana shu tariqa izohlab
berganliklarini ko’ramiz. Masalan, professor Bexterevning aytishiga
qaraganda, u tushida yoki ertalab uyg’onishi bilanoq, masalani to’satdan
echishga muvaffaq bo’lar ekan. Bunday hollarda o’rganilayotgan masala ustida
uxlashdan oldin ham qattiq o’ylash va diqqat-e’tiborni shu masalaga to’plash
katta rol o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: