16
16
mikdorini va boshkalar. Bundan tashqari bu metod ishchilarni tanlash
muammosini hal etishda qo’llaniladi.
Kasbiy taxlilning yana bir muammosi kritik voqealar metodidir. Uning
mohiyati
shundaki, tadqiqotchi ishchining qoniqarsiz xulqini kuzatadi va
tasvirlaydi.
Hujjatlarni o’rganish metodi - mehnat jarayonida ishchilarning tarkibini
aniqlash ularning kasbiy tayyorgarligi va malakasi to’g’risidagi ob’ektiv
ma’lumotlarni yig’ish metodi xisoblanadi. Bu ma’lumotlar quyidagi
hujjatlardan olinadi:
♦ Ishchilarning harakatlarini tasvirlovchi
texnologik kartalar, ishning
bajarilish usullarini sifatiga qo’yiladigan talablar;
Insonga psixofiziologik va psixologik ta’sir ko’rsatadigan asboblarning
texnik tavsifnomasi;
♦ Yoshi, staji, ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi, kadrlar qo’nimsizligining
sabablari va hokazolar hakidagi ma’lumotlar;
♦ Ishlab chiqarishdagi avariyalar va travmalar shuningdek, ishchilar
sog’lig’i ularning ish jarayonidagi holati to’g’risidagi ma’lumot.
Mehnat metodi - bu kasbiy faoliyatni to’g’ridan-to’g’ri
ish joyida kuzatishga
qaratilgan tadqiqot metodidir. Bu usullarning afzalligi kasbiy reallikka
minimal darajada yaqin bo’lishidadir.
KUZATISh – ma’lumotlarni, psixik hodisalarning qayd etish yo’llarini
aniqlash va ularni gruppalashlashdan iborat. Kuzatish ikki turda bo’ladi:
formallashgan kuzatuv va erkin kuzatuv. Erkin kuzatuv tadqiqotning
boshlang’ich bosqichlarida o’tkaziladi, bu esa o’rganilayotgan masala
mohiyatiga chuqurrok kirib borish imkonini beradi.
formallashgan kuzatuv standart dastur
asosida olib
boriladi hamda
unutilayotgan voqealar bayonnomada qayd etilgan xolda alohida elementlarga
bo’linadi.
Kuzatishning tadkikot metodi sifatidagi xususiyati shunda-ki,
ma’lumotlarni to’plash, turli sezgi organlari
yordamida amalga oshiriladi,
masalan! ko’rish, eshitish, hid bilish va xokazo. Chunki kasbiy faoliyatda xidlar,
shovqinlar va shunga o’xshash holatlar tez kuzatiladi va ular sinovdagilarning
psixik holatiga
hamda faoliyat maxsuldorligiga, mehnatdan qoniqishlariga
ta’sir etadi.
Kuzatilayotgan jarayonda tadkikotchining ishtirok etish darajasiga ko’ra,
Dostları ilə paylaş: