29
29
izohlash mumkin. Shaxs o’zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy
turmushda
faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan
o’zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol, betakror oliy zotdir.
Odamlarning ijtimoiy qoidalarga murojaat qilishi ularda o’z xulq-atvori
uchun mas’ullik hissini uyg’otadi, harakatlari va qiliqlarining
ushbu qoidalarga
mos kelishi yoki mos kelmasligini baholagan holda ularni to’g’rilab borish
imkonini to’g’diradi. sotsial jihatdan maqbullarini tanlab olish, nomaqbul
shakllariga amal qilmaslik, o’zining boshqa odamlar
bilan munosabatlarini
yo’naltirib va boshqarib borish imkonini beradi. O’zlashtirilgan koidalardan
odamlar o’zlarining xususiy xulq-atvorini o’zgalarning xulq-atvori bilan
taqqoslaydigan mezon sifatida foydalanadilar.
Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini
harakatlantiradigan kuchlar va manba masalasini hal etishning ikkita yo’nalishi
mavjud bo’lgan. Bu yo’nalishlar rivojlanishning
biogenetik va sotsiogenetik
Dostları ilə paylaş: