Estetik kizikishlarning o’ziga berilib ishlaydigan kishilar ham bo’ladi.
Bunday odamlar uchun o’z hayotlarida eng asosiy narsa san’at va unga xizmat
kilish kimmatbaho san’at asarlari yaratishdir. Chunonchi, rus kom-
pozitorlaridan Glinka, Musorgskiy, Chaykovskiy va Moskva badiiy teat-riga
asos solgan Stanislavskiylar mana shunday kishilardandir.
Ayrim kishilarda past va sayoz kizikishlar ham bo’ladi. Bunday past
kizikishga fakat o’zining hissiy ehtiyojlarini kondirishga karatilgan kizikishlar
kiradi. Ana shunday kizikishlar kuli bo’lgan odamlar uchun hayotlarida eng
muhim bo’lgan narsa ular hatto moddiy jihatdan ta’minlangan
bo’lsalar ham ovkat eyish, ichish, uxlash va umuman olganda nafsini
kondirishdan iboratdir. Chunonchi, Gogolning «Kadimgi zamon pomesh-
chiklari» povestidagi Afanasiy Ivanovich va Pulxeriya Ivanovnalar xuddi shu
tipdagi odamlardir.
Kishidagi kizikishlar doirasi har xil bo’ladi. Odamlar o’zidagi kizikish
doirasining keng yoki tor bo’lishiga karab ham bir-biridan fark kiladilar. Fakat
birgina narsaga kizikish bilan cheklanib, boshka narsalarga e’tibor
bermaydigan odamlarni kizikish doirasi tor kishilar deb ataladi.
Odamlardagi kizikish-havaslar tarixan o’zgarib turadi. Shu bilan birga,
fakat ijtimoiy kizikishlargina emas, balki individual kizikishlar ham o’zgaradi.
Kizikishlarni kishining boshka xususiyatlariga karaganda ko’prok darajada
ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy turmush sharoitlari bilan belgi-lanadigan
individual xususiyatlari deyish mumkin.
12 mavzu : “Nutk va kasb “ mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi
91
91
TG ’r Boskichlar va bajariladigan ish mazmuni Amalga oshiruvchi shaxs, vakt