Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə98/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga kasb mahorati
haqida tushuncha berish. har bir kasb jarayonida nutqning rolini tushuntirish.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Kasb mahorati haqida tushuncha beradi.
2. Har bir kasb jarayonida nutqning rolini va ahamiyatini tushuntiradi .
Ikkinchi savolning bayoni
Kasbiy mahoratda nutkning roli.
O’quv materialini yaxshi bayon qilish uchun o’qituvchi nutq san’atini
mukammal egallagan bo’lishi kerak. Nutq san’ati ko’p hollarda tabiat bergan
boylik emas, balki o’z ustida ko’p ishlash natijasidir. Nutq texnikasidagi
muhim ko’rsatgichlardan biri uning hissiyligidir. Psixologiyada ijobiy hissiyot
inson faoliyatidagi qudratli omil deb hisoblanadi. Hissiy bo’yoqlarning
imkoniyatlari fan mazmuniga ko’p jihitdan bog’liq. Ijtimoiy fanlar
o’qituvchilarida texnika fanlari o’qituvchilariga nisbatan imkoniyat ko’proq
bo’ladi. Biroq har qanday «quruq» fanni jonli, qiziqarli shaklda ifodalash
mumkin. O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vazifasini
bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun o’qituvchi nutqiga umummadaniy
talablardan tashqari kasbiy, pedagogik talablar ham qo’yiladi. O’qituvchi o’z
nutqining mazmuni va sifati, uning oqibatlari uchun javobgar. Shu sababli
o’qituvchi pedagogik mahoratida uning nutqi muhim qismi sanaladi.
Pedagogik vazifalarni amalga oshirish uchun o’qituvchi nutqi quyidagi
talabalarga javob berishi kerak:
1. Adabiy til me’yorlariga amal qilishi ;
2. Orfoepik va grammatik jihatdan to’g’ri qullanishi
3. Hissiy yorqinligi.
O’qituvchi nutqining asosiy vazifalaridan biri – bilimlarni to’liq
etkazishdir. O’quvchilarning bilimni muvaffaqiyatli o’zlashtirishi o’qituvchi
nutqi xususiyatiga bog’liq. O’qituvchi nutqi bilimlarni o’zlashtirishni oson,
qiziqarli qilish, yoki uni qiyinlashtirishi mumkin. Yangi bilimlarni bayon
qilishda o’qituvchi nutqining vazifasi o’quvchilarga faqatgina bilim etkazish
emas, balki ularda shu bilimlarga hissiy qimmatli munosabatni shakllantirish,
bililarni o’z e’tiqodlari va hulqi asosiga aylantirish ehtiyojini
shakllantirishdir.



94
94



Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin