Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə99/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga pedagogik nutq
haqida tushuncha berish. Pedagogik nutqni oddiy nutqdan ajratish.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Pedagogik nutqni ta’riflaydi.
2. Pedagogik nutqni oddiy nutqdan ajratadi.
Uchinchi savolning bayoni
Pedagogik nutk.
Pedagogik munosobat deganda pedagog va o’kuvchilar kollektivi
o’rtasida o’zaro birgalikdagi harakatining mazmunan axborot ayirboshlashdan,
o’kuv tarbiyaviy tao’sir ko’rsatish va o’zaro hamjihatlikni tashkil etishdan
iborat sistemasi usullari va malakalari tushuniladi.
O’quv materialini yaxshi bayon qilish uchun o’qituvchi nutq san’atini
mukammal egallagan bo’lishi kerak. Nutq san’ati aksariyat hollarda tabiat
bergan inom emas, balki o’z ustida ko’p ishlash natijasidir. Nutq texnikasidagi
muhim ko’rsatgichlardan biri uning hissiyligidir. Ruhshunoslik fani ijobiy
hissiyotni inson faoliyatidagi qudratli omil deb hisoblaydi. Hissiy
bo’yoqlarning imkoniyatlari fan mazmuniga ko’p jihitdan bog’liq. Ijtimoiy
fanlar o’qituvchilarida texnika fanlari o’qituvchilariga nisbatan imkoniyat
ko’proq. Biroq har qanday «quruq» fanni jonli, qiziqarli shaklda ifodalash
mumkin. O’qituvchi nutqi o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish vazifasini
bajarilishini ta’minlaydi. Shuning uchun o’qituvchi nutqiga umummadaniy
talablardan tashqari kasbiy, pedagogik psixologik talablar ham qo’yiladi.
O’qituvchi o’z nutqining mazmuni va sifati, uning oqibatlari uchun javobgar.
Shu sababli o’qituvchi pedagogik mahoratida uning nutqi muhim qismi
sanaladi.
«O’qituvchi nutqi» tushunchasini odatda, o’qituvchining og’zaki nutqi
haqida so’z ketgandagina qo’llaydilar. O’qituvchining og’zaki nutqi pedagog
so’zlaganda hosil bo’ladigan nutqdir.
Pedagogik nutq:
A) Pedagog va tarbiyalanuvchilar hamkorligining samaradorligini;
V) O’qituvchining o’quvchida e’tiqod, faoliyat motivlarini shakllan-
tirishga ijobiy ta’sirini;
S) O’quvchilarning o’quv faoliyatini to’g’ri tashkil qilishni ta’minlaydi.
«Pedagogik nutq» tushunchasi bilan «o’qituvchining kommunikativ
xulqi» tushunchasi uzviy bog’liq. Ilmiy adabiyotlarda «o’qituvchining
kommunikativ xulqi» – deganda oddiygina so’zlashuv, axborot etkazish
jarayoni emas, balki pedagog va o’quvchilar o’rtasidagi hissiy psixologik
muhitli muloqotni, ularning ish uslubiga ta’sir qiluvchi nutq va unga mos
o’qituvchi xulqini tashkil etish tushuniladi. O’qituvchi kommunikativ
xulqining xususiyatlari: nutq balandligi, o’quvchilarga murojaat qilish uslubi,
mimika, nutqqa xos harakatlardir.



95
95



Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin