Таълим вазирлиги гулистон давлат университети



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə107/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

irodali odam deyiladi.
Shunday odamlar ham bo’ladiki, ularning xatti-harakatida hissiyot ko’prok
o’rin oladi; bunday odamlar o’z xatti-harakatlarida ko’pincha tasodifan
tug’iladigan his-tuyg’ulari ta’siri ostida ish ko’radilar. Bunday odamlarning
hissiyoti kuchli bo’lib, tasodifiy kayfiyat va tuyg’u-hissiyot-ga tez beriluvchan
bo’ladilar, shu sababli ularning xarakteri hissiy xarakter deb ta’riflanadi.
Ba’zi odamlarda esa irodaviy faollik undagi tuyg’u-hissiyotlar bilan birlikda
«monand ravishda» namoyon bo’ladi.
Ba’zi odamlarning kiladigan harakatlarida hali yaxshi anglab olinma-gan
intilish, ya’ni moyillik ustunlikni egallaydi. Bunday kishilarning inti-lishi,
ko’pincha, noanik, mazmunsiz bo’ladi. Bunday kishilar hamma vakt nimanidir
kidiradilar, nimanidir kumsaydilar, doimo ularga nimadir etishmaydi, nimadir
istaydilar, ammo uning nima ekanligini o’zlari ham bilmaydilar.
Kat’iyatli, barkaror odam deb, ortikcha ikkilanmasdan, tez bir karorga
keladigan kishilarni aytamiz. Kat’iyat kishining shu o’rinda kay daraja akl-
farosat bilan ish ko’rishiga karab turli tus oladi.
Kat’iyatsizlik, jur’atsizlik salbiy xarakter xislatlaridandir.
Xarakterning iroda bilan bog’lik bo’lgan eng yakkol xislati kishi iro-
dasining kuchi va mustahkamligida ifodalanadi. Bunday xislatlar har kim-
ning xarakterida ham ma’lum darajada namoyon bo’laveradi. Xuddi shunday



103
103


kuchli iroda va mustahkam xarakterga ega bo’lgan kishilar bizda yuksak
kadrlanadi.
Xarakterning kuchi va mustahkamligi o’zini tuta bilishlik, dadillik, chidam
va matonatda ko’rinadi.
Tashabbuskorlik — xarakterning kimmatli xislati bo’lib, bu xislat
ko’pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
Kishining intizomlilik tarikasida namoyon bo’ladigan xarakter xislati
jamiyat talablariga ongli va ixtiyoriy ravishda bo’ysunishda ifodalanadi.
Jumladan, intizomlilik belgilangan tartib-intizomlarga anik rioya kilishda, o’z
burchiga sadokatli bo’lish bilan birga bergan va’dalarini vijdonan bajarishda
ifodalanadi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin