Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Xarakterning tarakkiyotida ijtimoiy muhitning roli



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə109/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Xarakterning tarakkiyotida ijtimoiy muhitning roli
Kishining butun hayoti davomida uning xarakterining tarkib topishi-ga
ijtimoiy muhit, avalo, shu kishi birga yashab va ishlab kelgan jamoa katta ta’sir
ko’rsatadi.
Xarakterning tarakkiysida muhitning roli kishining bolalik chog’laridan
boshlabok nihoyat kattadir. Ma’lumki, bola kichik yoshdan boshlabok
taklidchan bo’ladi. Bolalar ota-onasiga va atrofdagi boshka yakin kishi-lariga
o’xshashlikka moyil bo’ladilar. Ular kattalarning yurish-turishlari, xulk-atvori,
imo-ishoralari, dasturxon ustida o’zlarini kanday tutishlari va kichkina
bolalarga munosabatda bo’lishlariga va ularning gap-so’zlariga, hattoki,
ularning gap ohanglarigacha hamma mayda narsalarigacha taklid kilishga
urinadilar.
Uchinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga xarakterning
kasbiy sifatlari haqida tushuncha berish. Xarakterning kasbiy sifatlarini
ajratish.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Xarakterning kasbiy sifatlari haqida tushuncha beradi.
2. Xarakterning kasbiy sifatlarini ajratadi.
Uchinchi savolning bayoni
Xarakterni kasbiy sifatlari.
Yuksak irodaviy va axlokiy sifatlari bilan hammaga manzur bo’lgan kishilar
namunasi o’z-o’zida xarakter tarbiyalashning (umuman o’z-o’zini tarbiya-
lashning) juda muhim vositasidir. Odamlar o’z intilishlari va xatti-harakat-
larida o’sha hammaga manzur bo’lgan kishilarga taklid kilishlari kerak.



105
105


Yoshlarda xarakter xislatlarni shakllanishida, uni tarbiyalashda ota-
bobola-rimiz bosib o’tgan mashakkatli yo’llariga e’tikodli bo’lishni o’rgatish,
ular hakida bilim berish ahamiyatlidir. Chunki ular o’z Vatani, xalkining
farovonligi yo’lida hatto o’limdan ham ko’rkmaganlar, o’z oldiga ko’ygan
maksadni amalga oshirish imkoniyati bo’lmaganda ham imkoniyat topganlar.
Komusiy olim, shark mutafakkiri, tabobat ilmining asoschisi Abu Ali ibn
Sino o’z davrida kasallik sirlarini (o’rganish man etilganiga karamay)
kechalari, sham yorug’ida kabristonda yangi ko’milgan murdalar kabrini
ochib, ularni kesib (operatsiya) kasallik sababini o’rgangan. Ulug’bek esa
osmoniy jismlarni o’rganish Xudoga shak keltirishi deb karalgan davrda
osmoniy jismlarni o’rgangan.
Bashoratchi shoirning jismini millatimiz, mustakilligimiz, ozodligimiz
dushmanlari kora erga tikkan bo’lsalar-da, uning jarangdor she’riyatini,
ozodlikka chorlovchi Erkin ruhini yo’kota olmadilar Toki yurtimizda ha-
kikatga tashna, go’zal so’zga intik, erkka chankok kishilar bor ekan Usmon
Nosirning ismi bokiydir. Uning hayot yo’li yoshlar uchun namuna* dir.
Ulardan yoshlarimiz ibrat olib o’z-o’ziga, xalkiga, yurtiga, mehnat va o’kishga
bo’lgan munosabatlarida, o’z xarakterini tarbiyalashda ularga taklid kiladilar.
Yoshlarimiz zahmatkash xalkimizni kechani-kecha, kun-duzni-kunduz,
kishning chillasi, yozning issig’i demay ko’rsatgan jasorat-lari yoshlar uchun
namuna bo’lib kolaveradi.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin