Таълим вазирлиги гулистон давлат университети


Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi



Yüklə 425,85 Kb.
səhifə108/115
tarix13.12.2023
ölçüsü425,85 Kb.
#174444
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115
Ушбу дастур, касб психологияси фанининг еришган ютуқлари, долзар-hozir.org

Ikkinchi savol bo’yicha darsning maqsadi: Talabalarga xarakterni
shakllanishi haqida tushuncha berish. Xarakterni ajratish. Xarakterni
ta’riflash.
Identiv o’quv maqsadi:
1. Xarakterni shakllanishi haqida tushuncha beradi.
2. Xarakterni ajratadi.
3. Xarakterni ta’riflaydi.
Uchinchi savolning bayoni
Xarakterni shakllanishi
Biz kishida xilma-xil ko’rinishda va turlicha namoyon bo’ladigan bir
kancha xarakter xislatlari bilan tanishib chikdik.
Har kaysi xarakter xislati bir-biridan ajralgan bo’lmay, balki ular bir-birlari
bilan bog’lik holda namoyon bo’ladilar. Shuning uchun bir xarakter xislatining
o’zi ham turlicha odamlarda turlicha namoyon bo’lmog’i mumkin. Chunonchi,
dadillik bilan kilinadigan bir xatti-harakatning o’zi ma’kul yoki noma’kul,
axlokda muvofik yoki nomuvofik bo’lmog’i mumkin. Kishidagi mardlik
singari xarakter xislati fakatgina undagi iroda bilan bog’lik bo’lmay, balki akl-
idrok va tuyg’u-hissiyotlar bilan bog’likdir. Mardlik ayni vaktda axlokiy xislat
hamdir. Har bir kishining xarakteri kishi shaxsida mujassamlanadigan turlicha
xislatlarning alohida bir tarzda birlashuvidir.
Yukorida ko’rib o’tganimizdek, kishi temperamenti uning xarakteri
tarkibiga kiradi, shu sababli ham xarakterning fiziologik asosi nerv
sistemasining tipidan iborat.
Ijtimoiy muhitning ta’siri, tarbiya va mehnat faoliyati jarayonida kishi
xarakterining tarkib topishida, shubhasiz uning nerv sistemasida ham
o’zgarishlar yuz beradi. Bunday o’zgarishlar nerv sistemasining plastiklik deb
ataluvchi xususiyatiga ko’ra yuzaga keladi.
Kishi xarakteri tabiiy, tug’ma bo’lmay, balki keyin hosil bo’ladi va
tarbiyalanib etishadi. «Xarakter tarkib topadi, xarakter hosil bo’ladi» degan
iboralar shuni ko’rsatadiki, odamlar kishi xarakterining tarbiya ta’siri bilan
o’zgarishi xususiyatiga ega ekanligini o’zlarining kundalik oddiy ku-zatib
borishlaridan bilib olganlar.



104
104


Burjua olimlaridan bir kanchasining Krechmer va uning izidan boruv-
chilar, odam xarakteri va uning tarakkiysi tamomila kishining tana tuziiishi
bilan, fakat shu bilan belgilanadi, deb isbotlashga urinishlari fanga xilof
reaksion urinishdir. Bunday olimlar xarakterning tarkib topishida, shuningdek,
shaxsning psixik hayotining tarakkiy etishida ijtimoiy sharoit ham, insonning
faoliyati ham, tarbiya ham hech kanday rol o’ynamaydi, deb da’vo kiladilar.
Kishining xarakteri tug’ma, doimiy va o’zgarmaydigan narsa emas. Hech
bir bola mehnatsevar yoki dangasa, rostgo’y yoki munofik, botir yoki ko’rkok,
intizomli yoki intizomsiz bo’lib tug’ilmaydi.
Har bir odamning xarakteri temperamenti asosida, ijtimoiy muhit ta’siri
bilan, tarbiya, amaliy faoliyat jarayonida va kishi o’z-o’zini tarbiyalash bilan
tarakkiy kilib, o’zgarib boradi.
Xaraklerning tarakkiysi kishining irodasi, akl-idroki va hissiyotlarining
tarakkiy kilib borishi bilan mustahkam bog’likdir. Shu sababli, kishining
irodasi, akl-idroki va tuyg’u-hissiyotlarining tarakkiy kilib borishi va ularning
tarbiyalanishi hakida aytilgan fikriarning hammasi kishi xarakterining
tarakkiysiga ham tegishlidir.

Yüklə 425,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   115




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin